Qiziqçilikdan prezidentlikkaça: 48 yoşni qarşilagan Zelenskiyning hayot yöli
25-01-2026, 17:51
605 марта

Qiziqçilikdan prezidentlikkaça: 48 yoşni qarşilagan Zelenskiyning hayot yöli
Ukrainaning oltinçi prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 25 yanvar kuni, 48 yoşni qarşiladi. Uning hayoti keskin burilişlarga boy böldi. Diplomat yoki çegaraçi bölişni orzu qilgan ösmir uruş şaroitida mamlakatni boşqarayotgan yetakçiga aylandi. Rossiyaning keng kölamli bosqini davrida Zelenskiyga xorijdan boşpana va qoçiş taklifi berildi. Ammo siyosatçi vatani va xalqini himoya qilişni tanlab, dunyo qahramoniga aylandi.Bolaligi va oilasi
Vladimir Zelenskiy 1978 yil 25 yanvarda öşa paytdagi Ukraina SSRning janubi-şarqidagi sanoat şahri — Krivoy Rogda tuğilgan. Uning otasi Krivoy Rog iqtisodiyot institutida kibernetika va kompyuter texnikasi böyiça ilmiy bölimga rahbarlik qilgan, onasi esa muhandis bölgan.
“Dadam xuddi men kabi öta talabçan va printsipial inson: u şogirdlaridan heç narsa olmasdi, hatto bir quti şokoladni ham qabul qilmagan. Onam butun umri davomida muhandis bölib işlagan”, degan ediZelenskiy 2018 yilda bergan intervyusida.
Zelenskiyning bobosi Semyon Zelenskiy Ikkinçi jahon uruşi davrida Qizil Armiya safida, 57-gvardiya motorli öqçilar diviziyasida polkovnik bölib xizmat qilgan. Uning katta bobosi va uç nafar katta amakisi natsistlar lagerlarida halok bölgan.
Möğulistonda yaşagan, Isroilda öqişga grant yutgan
Bolaligida Zelenskiy tört yil Möğulistonning Erdenet şahrida yaşagan. Bu davrda otasi yirik sanoat loyihalarida işlagan.
“Biz uzoq yillar Möğulistonda yaşaganmiz: men u yerda tört yil yaşaganman, otam esa 20 yil. Şu sababli otamni deyarli körmasdim — u Sovet Ittifoqidagi eng kuçli mutaxassislardan biri bölib, aslida yirik kon-boyitiş kombinatini quriş bilan şuğullangan”, degandi u.
Zelenskiy maktabda faol, şöx va bazan muştlaşuvga moyil bola sifatida tanilgan.Fortepiano çalgan, sport bilan şuğullangan, biroq ayrim fanlarga, xususan kimyoga qiziqmagan.
“Men juda faol edim, hamma joyga ulgurişim va hamma narsani bilişim kerak edi. Musiqa maktabida fortepiano böyiça öqisam ham, köpinça şöx bola, hatto urişqoq sifatida tanilgandim. Bolalikda siz odatda haqligingizni muzokaralar va işontiriş bilan emas, balki muştlaringiz bilan isbotlaysiz”, degan Zelenskiy intervyularidan birida.

“Huquqşunoslik” fakultetiga öqişga kirayotganimda, otam heç kim uni mening öqişimga tasir ötkazgan deb öylamasligi uçun mamlakatdan ketgan... Diplomat böliş orzum edi. Xalqaro muzokaralar meni qiziqtirardi, bularning barçasi menga juda yoqardi. Men ingliz tilini örgandim va ingliz tili çuqurlaştirib öqitiladigan maxsus maktabni tugatgandim, deya xotirlagan Zelenskiy.
U maktab davridayoq malum bir uslubga amal qilgan, unga va döstlariga bu borada The Beatles guruhi ilhom bergan. Zelenskiy öşa yillarni şunday eslaydi:

“Bizni uzoqdan ham taniş mumkin edi: oq köylaklar, goroşkali galstuklar, dazmollangan keng şimlar, kamarlar, katakli pidjak va ajralmas atribut — soç turmagi! Orqaga taralgan va juda köp gel surilgan uzun soçlar”.

“Olti yil yaşagan, işlagan bölsam ham Moskvani nega yomon körardim? Çunki eşik qoqsang, oçişmaydi. Gap şunçaki qöşni haqida emas — bu hamma joyda şunday. Bu hayot tarziga aylangan”, degan edi u.Zelenskiy 2000 yillardan boşlab Ukraina televideniyesidagi eng maşhur şaxslardan biriga aylangan. 2003 yilda u sakkiz yil davomida gaplaşgan maktabdagi sinfdoşi Yelena Kiyaşko bilan oila qurgan. Ularning hozirda ikki nafar farzandi bor: qizi Aleksandra (2004) va öğli Kirilo (2013).

2019 yilning 20 may kuni Vladimir Zelenskiyning hayoti tubdan özgardi. U 41 yoşida Ukraina xalqi oldida qasamyod qabul qilib, mamlakat tarixidagi eng yoş prezidentga aylandi. Zelenskiy uçun keyingi yillar ketma-ket sinovlar davriga aylandi: COVID-19 pandemiyasi, 2022 yilda boşlangan va hozirgaça davom etayotgan Rossiyaning keng kölamli bosqini, murakkab xalqaro muzokaralar va uruş şaroitidagi boşqaruv.
2022 yilda Time jurnali uni dunyoning eng nufuzli şaxslari qatoriga kiritdi. 2022 yilda Zelenskiy Politico naşrining Yevropadagi eng nufuzli odamlar reytingida birinçi örinni egalladi. Ovoz berganlar Ukraina prezidentini “tinçlik, demokratiya va halollik”ka intilayotgan “umid mayoği” deb tarifladi.
Evakuatsiya takliflari va rad javobi
Rossiya bosqinining ilk kunlarida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning yordamçilari ehtimoliy evakuatsiya uçun favqulodda poyezdni tayyorlab turgan. Biroq Zelenskiy undan heç qaçon foydalanmagan. Uni şahar çetidagi bunkerlarga köçiriş, hatto hukumat qarorgohini Polşa çegarasiga yaqin hududga ötkaziş takliflari ham bölgan.


