USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Putin ruxsat bersa...”. Qodirovning öğli Zelenskiyni özi tutmoqçi

460 марта

“Putin ruxsat bersa...”. Qodirovning öğli Zelenskiyni özi tutmoqçi

Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirovning uçinçi öğli Adam Qodirov, agar otasi yoki Rossiya Prezidenti Vladimir Putin buyruq bersa, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni sud qiliş uçun Grozniyga olib kelişga vada berdi. Bu haqda “Kavkazskiy uzel” naşri xabar berdi.  

Vladimir Zelenskiy AQŞni Rossiyaga bosimni kuçaytirişga, jumladan Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirovni ham xuddi Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro kabi kabi hibsga olişga çaqirgan.  Bunga javoban Ramzan Qodirov ham Zelenskiy öz maqsadiga boşqalar orqali erişmoqçi bölayotganini tanqid qilgan.
Çeçeniston OAV keça, 9 yanvar Adam Qodirovning Zelenskiy taklifiga javoban bildirgan bayonotini keng yoritdi. Kiçik Qodirov Zelenskiyning otasi haqidagi sözlarini haqorat deb atab, bu holat “javobsiz qolmasligini” aytgan. “Biz bunday narsalarni unutmaymiz va keçirmaymiz”, deb iqtibos keltiradi “Vesti Çeçenskoy Respubliki” naşri Adam Qodirovning sözlaridan.. 

“Agar Oliy Boş qömondon Vladimir Vladimiroviç Putin yoki otam buyruq bersa, biz seni qayerda bölsang ham topamiz – bu faqat vaqt masalasi. Heç qanday operatsiyani elon qilmaymiz. Şunçaki kelamiz, olib ketamiz va seni Grozniyga olib boramiz. Prezident sifatida emas, balki harbiy jinoyatçi sifatida”, degan Adam Qodirov Zelenskiyga murojaat qilib.
Ukraina Prezidentiga qilgan murojaatida Çeçeniston Xavfsizlik kengaşi kotibi haqoratli va kamsituvçi iboralarni bir neça bor işlatgan. 
“Sen yiğlaysan, uvillaysan, etiklarni öpasan va keçirim söraysan. Sen boşlagan tomoşaning yakunini biz yozamiz. Va bu aslo komediya bölmaydi”, deb tahdid qilgan Adam Qodirov.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: