Qirğiziston Rossiyani migrantlar masalasida sudga berdi
27-01-2026, 21:04
447 марта

Qirğiziston Rossiyani migrantlar masalasida sudga berdi
Qirğiziston mehnat migrantlari böyiça kelişuv bajarilmayotgani uçun Rossiyani aybladi. Bugun, 27 yanvar kuni mamlakat uşbu holat böyiça Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) sudiga davo arizasi kiritgani malum böldi. Bu haqda “24kg” xabar berdi.Naşr malumotiga köra, sudga davo kiritilgani haqida Jogorku Keneşda yangi qonun loyihasi muhokamasi çoğida Majburiy tibbiy suğurta jamğarmasi raisi Azamat Mukanov malum qilgan.
Qömita azolari Rossiyada mehnat qilayotgan migrantlarni tibbiy yordam oliş uçun suğurta polislari bilan taminlaş böyiça işlar qanday olib borilayotgani bilan qiziqqan. Azamat Mukanovning aytişiça, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga azo beş davlat örtasida mehnat migrantlariga taalluqli kelişuv mavjud.
“Biroq ayni paytda Rossiya tomoni uşbu kelişuvning 96–97-moddalarini buzmoqda, yani mehnat migrantlari oila azolariga majburiy tibbiy suğurta polislarini berişni rad etmoqda. Qirğiz Respublikasi YeOII sudiga davo arizasi kiritdi, sud jarayoni ketmoqda, qaror ikki hafta içida çiqariladi. Rossiya Boş vaziri örinbosari Aleksey Overçuk Qirğizistonga kelganida ham biz bu masalani kötargan edik”, deya qöşimça qilgan u.