“Bu suniy intellekt”. Valuyev Markaziy Osiyoga tahdid qilmaganini aytdi
28-01-2026, 11:31
445 марта

“Bu suniy intellekt”. Valuyev Markaziy Osiyoga tahdid qilmaganini aytdi
Rossiyalik sportçi, oğir vazn toifasidagi sobiq jahon çempioni Nikolay Valuyev Rossiya 30 yildan buyon sobiq sovet respublikalariga nisbatan “yumşoq siyosat” qöllagani, endi ularga qattiq çoralar köriş zarurligini aytib çiqqani aks etgan videolar tarqalgandi. Sportçi uşbu video suniy intellekt tomonidan tayyorlanganini malum qildi.Valuyevning sözlariga köra, bu video boşidan oxirigaça qayta işlangan va internetda nafrat qözğatiş uçun tarqatilgan.
“Bu voqea suniy intellekt bilan boğliq. Aniqligi şuki, bazi odamlar uni işlatib, aytilgan sözlarni buziş yoki undan ham yomoni, hammasini boşidan oxirigaça yaratmoqçi bölişgan. Maqsad nima? Juda oddiy. Bugungi kunda internet nafaqat foydali malumot manbai, balki xavf manbai ekanligi hammaga malum. Videorolik şaklida taqdim etilgan malumot hamişa köruvçi va tinglovçini işontirişga möljallangan. Şu yerda suniy intellekt juda qulay vosita bölib xizmat qiladi. Hozirgi kunda texnologiyalar yordamida insonlar iştirokisiz filmlar suratga olinişi mumkin – bu iş, allaqaçon amalga oşirilgan. Faqat farqi şundaki, endi bunday texnologiya keng ommaga oçiq”, degan sportçi.Uning qöşimça qilişiça, bugun suniy intellektga asoslangan texnologiyalar barça tomonidan qöllanilmoqda va bu internetda yolğon malumotlarning köpayişiga olib kelmoqda.
“Bugungi kunda bunday texnologiyalar butun davlatlar tomonidan qöllanilmoqda va doimiy ravişda takomillaşmoqda. Şuning uçun oson işonmaslik kerak. Internetga tarqalgan malumotni bir neça marta öylab, anglab oliş va keyin tarqatiş yaxşiroq. Ayniqsa, işonçsiz manbalarga heç qaçon işonmang”, degan Valuyev.