USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Netanyaxu Ğazoda Falastin davlati bölmasligini aytdi

113 марта

Netanyaxu Ğazoda Falastin davlati bölmasligini aytdi

Ğazo sektori demilitarizatsiya qilinmagunça uni tiklaş amalga oşirilmaydi, şuningdek, mazkur hududda Falastin davlati taşkil etilmaydi. Bu haqda Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu AQŞ Prezidenti Donald Trampning Falastin-Isroil mojarosini hal etiş böyiça rejasining ikkinçi bosqiçiga izoh berar ekan malum qildi.

“Men Ğazoni demilitarizatsiya qilişdan oldin uni tiklaşga ruxsat beriladi, degan bayonotlarni eşityapman. Bu sodir bölmaydi. Ğazoga Turkiya va Qatar askarlarini kiritamiz, degan gaplarni ham eşitdim. Bu ham bölmaydi. Men Ğazoda Falastin davlati tuzilişiga ruxsat beraman, degan gaplarni ham eşitdim. Bu bölmagan va bölmaydi ham”, deydi Netanyaxu.

Uning aytişiça, Isroil XAMASning qurol-yaroğlarini yöq qiliş, Ğazo sektorini qurol va tunnellardan tozalaşga etibor qaratmoqda. Bu oson yoki qiyin yöl bilan böladimi – baribir amalga oşadi.

Isroil Boş vaziri u bir neça bor Falastin davlati taşkil etilişiga tösqinlik qilganini ham qayd etgan. Bungaça u Isroil Iordan daryosi bilan Örta yer dengizi oraliğidagi butun hudud, jumladan, Ğazo sektori ustidan nazoratni saqlab qolişini aytgan.
Eslatib ötamiz, 2025 yil 13 oktyabr kuni AQŞ, Misr va Turkiya yetakçilari Şarm-aş-Şayxda Isroil va XAMAS örtasida vositaçilik qilib, Ğazodagi uruşni töxtatiş böyiça kelişuvni imzolagan edi. Noyabr oyida esa BMT Xavfsizlik Kengaşi AQŞ Prezidenti Donald Tramp tomonidan taklif etilgan Ğazo sektori böyiça tinçlik rejasini maqulladi.

Joriy yilning 14 yanvar kuni AQŞ Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Ğazo sektorida Falastin-Isroil mojarosini hal etiş böyiça Tramp rejasining ikkinçi bosqiçi amalga oşirila boşlaganini elon qildi. U mazkur hududda ötiş davri mamuriyati va Ğazoni boşqariş böyiça Milliy qömita (NCAG) tuziş, şuningdek, noqonuniy qurolli tuzilmalar azolarini qurolsizlantirişni öz içiga oladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: