“Qurollarni taşlang va garovdagilarni ozod qiling” — Netanyaxu HAMASga murojaat qildi
27-09-2025, 12:16
231 марта
“Qurollarni taşlang va garovdagilarni ozod qiling” — Netanyaxu HAMASga murojaat qildiIsroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu BMT Boş Assambleyasida sözga çiqib, Ğazo sektorida HAMAS tomonidan garovda uşlab turilgan fuqarolarga murojaat qildi. U yahudiy asirlarni unutmaganini takidladi.
“Barçangizni uyga qaytarmagunimizça tinçlanmaymiz. HAMASga aytaman: qurollarni taşlang va garovdagilarni darhol ozod qiling. Isroil sizlarni topadi”, degan Netanyaxu ibroniy va ingliz tillarida sözlagan nutqida.
Falastinlik HAMAS guruhi 2023 yil 7 oktyabr kuni Isroilga hujum uyuştirib, 1200 ga yaqin yahudiyni yöq qilgan edi. Netanyaxu bu hujumni “tasvirlab bölmas darajadagi vahşiylik” deb atagan. Uşbu hujum vaqtida HAMAS 251 kişini garovga olgan, hozirda ulardan 48 nafari garovda qolmoqda. Isroil rasmiylariga köra, ularning 20 nafari hanuz tirik.
“Isroil sizlarning kuraşingizni olib bormoqda”, degan Netanyaxu, dunyo böylab radikal islomizm kuçayib borayotganiga etibor qaratarkan.
U, şuningdek, Eron va uning mintaqadagi ittifoqçilarini — HAMAS, Livandagi “Hizbulloh” va Yamandagi husiylar harakatini — “terror öqi” deb atab, ularning aksariyati Isroil armiyasi tomonidan zararsizlantirilganini takidlagan.
“Bizning duşmanlarimiz barçamizni yomon köradi”, degan Netanyaxu va Ğazoda genotsid sodir bölayotgani haqidagi davolarni qatiyan rad etgan.
Boş vazir zalga kirganida olqişlar va qarsaklar yangragan, bu esa moderatorni bir neça bor tartibga çaqirişga majbur qilgan. Biroq Netanyaxu minbarga yöl olarkan, köplab delegatlar zalni tark etgan.