USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

«Nega?» — Internetni larzaga solgan pingvin haqida

101 марта

«Nega?» — Internetni larzaga solgan pingvin haqida

Ötgan dam oliş kunlari ijtimoiy tarmoqlar muzli toğlar tomon — muqarrar ölim sari yöl olgan yolğiz pingvin bilan «yaşadi».

Foydalanuvçilar qoçqin pingvinni nigilist deb ataşdi va uzoqlaşib borayotgan yolğiz quşning juda köp videolarini joylaştirişdi. Bu «ölim marşi»ga ğamgin musiqa va kadr ortidagi ovoz yanada dramatizm bağişladi. Empatiyasi kuçli tomoşabinlarni esa javobsiz qolgan «But why?» («Lekin nega?») savoli butkul mahv etdi.

Pingvin-nigilist qayerdan paydo böldi?

Internetda virusdek tarqalgan pingvin haqidagi video — Verner Xertsogning «Dunyoning çetidagi uçraşuvlar» nomli hujjatli filmidagi lavhadan olingan. Nemis rejissyori bu filmni qariyb 20 yil avval Discovery Çannel’ning badiiy filmlar bölimi uçun suratga olgan.

Rejani amalga oşiriş uçun Xertsog Antarktikadagi Mak-Merdo stantsiyasida yetti hafta yaşaşiga töğri kelgan. 

Qiziq fakt: Film 2009 yilda «Oskar» mukofotiga nomzod bölgan, ammo mukofot oxir-oqibat boşqa filmiga nasib etgan. 

Xertsogning kartinasi oddiy pingvinlar haqidagi hujjatli filmlarga öxşamaydi. Kadrlarda rejissyor Mak-Merdoga turli sabablar bilan kelib qolgan odamlar bilan muloqot qiladi. Uning suhbatdoşlaridan biri ekolog Devid Eynli bölgan. Rejissyor unga pingvinlar orasidagi «jinnilik» haqida kutilmagan savol beradi.

Eynlining tuşuntirişiça, bazan pingvinlar makonda yönalişni yöqotib qöyadi va okeandan uzoqlaşib ketadi. Holbuki, okeanga yaqin böliş ularning oziqlanişi uçun hayotiy ahamiyatga ega.

Ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan sahnada aynan şunday pingvin körsatilgan: u toğlar tomon yurardi. Ekologning aytişiça, uni qaytarişga qilingan har qanday uriniş befoyda bölar edi. Hatto uni orqaga burişsa ham, baribir avvalgi yöliga qaytadi.

«Bir pingvin bor edi — örtada turgani. U muzlik çetidagi ozuqa joyiga bormadi, koloniyaga ham qaytmadi. Köp ötmay, uning toğlar tomon — taxminan 70 kilometr masofaga yöl olganini kördik. Doktor Eynli tuşuntirdiki, hatto uni uşlab, koloniyaga qaytarsa ham, u yana toğlarga qarab yuradi. Lekin nega?»

Pingvin-nigilist memi nimani anglatadi?

Pingvin haqida video joylaştira boşlagan foydalanuvçilar turli xil montajlardan, suniy intellektdan foydalanişdi, kutilmagan musiqalar, maşhur filmlardan eng qayğuli sahnalarni qöşişdi — xullas, bu umidsiz quşga qaraş naqadar oğir ekanini körsatiş uçun qöldan kelganini qilişdi.

Pingvinni nigilist deb ataşlarining sababi — u qoidalarga qarşi çiqib, koloniyani tark etadi, okeandan uzoqlaşadi. Holbuki, aynan öşa yerda uni tirik qoldiradigan baliq bor. Odamlar pingvinni insonlaştirib, uning «alohida bir narsaga muhtoj» ekanini, öz yölidan qörqmay borganini tasavvur qilişdi.

Öz yölidan borişdan qörqmaslik, hatto bu juda qimmatga tuşsa ham — nigilist haqidagi köplab rilslarning asosiy ğoyasiga aylandi.

Ayrim foydalanuvçilar izohlarda özlarini u bilan qiyoslab, uning his-tuyğularini tuşunişlarini va bu tanlovni qöllab-quvvatlaşlarini yozişdi. Boşqalar esa oçlik va holsizlikdan nobud bölgan quşga juda açinişdi. Şu bilan birga, motivatsion şiorlar ham paydo böldi: «Agar pingvin qila olgan bölsa, sen ham qila olasan», «Taslim bölma», «Pingvindek böl».

«U şunçaki pingvin emas. Senda bitta hayot bor. Uni koloniyada qolib ötkazmoqçimisan? Yoki borib, boşqa biror iş bilan şuğullanmoqçimisan? Bu dunyoda ikki xil odam bor: toğlarga ketadiganlar va koloniyada qolib, ovqatni tanlaydiganlar. Sen qaysi toifadasan? Men esa qaysi toifada ekanimni bilaman. Men hayotdan köproq narsa olişni xohlayman», — deya yozgan blogerlardan biri.

Boşqa bir foydalanuvçi esa şunday degan:

«Bu pingvin nigilist emas, tuşuninglar. U ekzistentsial inqirozda. U heç narsaga işonmaydi va hayotni absurd deb hisoblaydi. Men şunçaki aniqlik kiritmoqçi edim».

Albatta, trenddan Verner Xertsogning özi ham çetda qolmadi. U qariyb 20 yil avval Antarktikada suratga olingan pingvin hali ham şunça odamlarning tasavvurini zabt etib kelayotganini kuzatiş öta qiziq ekanini tan oldi.

Şuningdek, rejissyor film yaratilişi bilan boğliq qiziq bir voqeani ham aytib berdi. Uning sözlariga köra, kadr ortidagi ovozni yozişda u «Eçilmagan sirlar» serialidan ilhomlangan.

«U yerda dahşatli ovoz bor edi. Masalan, u şunday derdi: “Stomatolog uyiga qaytib keldi — eşik oçiq, hamma joy qon. Va u tuşundi: nimadir juda notöğri. Keyin u oşxona polida xotinini topdi — u qonga belangan edi. Uni öldirişgan. Albatta. Lekin nega?” Men aynan şu ovozdan foydalandim», — dedi Xertsog.

Oq uy memlari: Tramp va pingvin

Qiziği şundaki, pingvinning ijtimoiy tarmoqlardagi maşhurligi Oq uyni ham befarq qoldirmadi. AQŞ mamuriyatining rasmiy akkauntida Donald Tramp pingvin-nigilistni qanotidan uşlab, uzoqqa ketib borayotgani aks etgan mem joylaştirildi.

Ular Grenlandiya böylab yurib ketişardi. Biroq foydalanuvçilar rasm mualliflarini masxara qilişdi va yangi memlarga aylantirişdi. "AQŞ hukumatidagilar bilişmasmikin, pingvinlar u orolda yaşamaydi", deb izoh qoldirişdi.

Izohlar öçirib qöyilmadi, şu bois foydalanuvçilar suniy intellekt yordamida yaratilgan variantlarda Trampni, masalan, oq ayiqlardan qoçib ketayotgan holda tasvirlab, hazil qiliş imkoniga ham ega bölişdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: