AQŞda qor böroni qurbonlari soni 70 nafardan oşdi
29-01-2026, 17:57
141 марта

AQŞda qor böroni qurbonlari soni 70 nafardan oşdi
AQŞda qor böroni va ob-havo bilan boğliq turli hodisalar oqibatida kamida 70 kişi halok böldi. Bu haqda CBS telekanali xabar berdi.Milliy meteorologiya xizmati malumotlariga köra, qor böroni dam oliş kunlari va 26 yanvar kuni AQŞ hududining uçdan ikki qismini qamrab olgan. Noqulay ob-havo qariyb 200 million kişiga tasir körsatgan. Sovuq tsiklon mamlakatning şarqiy qismini qamrab olib, havo harorati meyoridan past darajaga tuşişda davom etmoqda. Sinoptiklar bu holat “sönggi bir neça ön yillikdagi eng uzoq davom etadigan sovuqlardan biri bölişi mumkin”, deya ogohlantirgan.
Qayd etiş joiz, joriy yilning 23 yanvar kuni “Fern” nomli qişki böron AQŞni qamrab oldi. Ayrim hududlarda qor qatlami 30 santimetrgaça yetdi, vaziyatni kuçli sovuq va muzlama yanada murakkablaştirgan. Elektr uzatiş tarmoqlariga zarar yetgani sababli 700 mingga yaqin amerikalik elektr energiyasiz qolgan.