USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Bemorning 11 ta tişini notöğri olib taşlagan stomatologlar qamaldi

725 марта

Bemorning 11 ta tişini notöğri olib taşlagan stomatologlar qamaldi


Italiyaning Genuya şahridagi stomatologlar bemorning 11 tişini ortiqça va keraksiz ravişda olib taşlagani uçun javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Corriere della Sera” naşri xabar berdi.  

Manbaga köra, 55 yoşli ayol internet orqali arzon narxlarda xizmat körsatadigan şifokorlarni topib, stomatologik muolajalar olişga qaror qilgan. Konsultatsiya davomida mutaxassislar bemorni işning köp qismini bir kunda bajarişga işontirgan, unga maxsus protezlarni körsatişgan, ammo rentgen tekşiruvini ötkazişmagan. Şifokorlardan biri protsedurasiz barça tişlarini yöqotişini aytgan.
Oqibatda tört soat içida ayolning 11 ta soğlom tişi olib taşlangan. Uçinçi kuni unga protezlar qöyilgan, ammo ular vada qilinganidan farq qilgan va vaqtinçalik ekani malum bölgan.

Jabrlanuvçi operatsiya oqibatida jiddiy qiyinçiliklarga duç kelgan: u gapira olmay, töğri ovqatlana olmagan va hayot sifati oğirlaşgan. Bu uning şaxsiy hayotiga ham tasir qilgan: tiş muammolari va oqibatlaridan uyalib, sevgilisi bilan ajraşgan. Keyinçalik boşqa stomatolog unga jarrohlik amaliyotini ötkazgan bölsa-da, ayol hanuz ovqatni yaxşi çaynay olmaydi.

Sud qaroriga köra, 11 tişini notöğri olib taşlagan stomatologlarning birisi uç oy, ikkinçisi bir yilu beş oylik qamoq jazosiga hukm qilingan va ayolga 14 300 yevro tölov puli tölangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: