Epşteyn işi: Tramp 13 yoşli qizni zörlagan
31-01-2026, 21:44
927 марта

Epşteyn işi: Tramp 13 yoşli qizni zörlagan
AQŞ Prezidenti Donald Trampning ismi voyaga yetmagan qizga nisbatan zöravonlik haqidagi iş materiallarida yana paydo böldi. Gap moliyaçi va pedofil sifatida tanilgan Jeffri Epşteyn işi bilan boğliq yangi hujjatlar haqida bormoqda. Bu haqdagi hujjatlar AQŞ Adliya vazirligi tomonidan elon qilindi.Hujjatlarga köra, nomalum şaxsning dugonasi taxminan 35 yil avval sodir bölgan voqea haqida aytib bergan. Unga köra, jabrlanuvçi öşa paytda 13–14 yoşda bölgan va Donald Tramp uni majburan jinsiy harakatlarga undagan.
Qarşilik körsatgan qiz Trampni tişlagan, şundan söng yuziga zarba olgan. Şu qiz Jeffri Epşteyn tomonidan ham zöravonlikka uçragani aytiladi.
Iş böyiça figurantlarning ismlari rasmiy ravişda maxfiylaştirilgan. Donald Tramp mazkur materiallar elon qilingaç, hozirça bu borada izoh bermagan.
Qayd etilişiça, foş etuvçi hujjat dastlab AQŞ Adliya vazirligi saytidan olib taşlangan, biroq bir neça soatdan keyin yana oçilgan. Vazirlik buni serverlar haddan taşqari yuklangani bilan izohlagan.
Avval ham, 2025 yil dekabr oyida Epşteyn işi bilan boğliq boşqa hujjatlarda Trampga nisbatan şunga öxşaş ayblovlar uçragan. Jumladan, 2020 yil oktyabriga oid hujjatlarda limuzin haydovçisining körsatmasi keltiriladi. U 1995 yilda Trampni aeroportga olib ketayotganda bölgan “juda bezovta qiluvçi” telefon suhbatini eslagan. Haydovçining aytişiça, Tramp suhbat davomida bir neça bor “Jeffri” ismini tilga olgan va nomalum qizga nisbatan zöravonlik haqida gapirgan. Şu hujjatda nomalum şaxs “u meni zörlagan”, deb aytgani, bu gap Trampga nisbatan aytilgani ham qayd etilgan.
Yana bir hujjatda Epşteyn 14 yoşli qizni Trampga tegişli Mar-a-Lago kurortiga olib kelgani haqida malumot bor. Materiallarga köra, moliyaçi qizni taniştirar ekan, Trampga qarab “Yaxşi nomzod, töğrimi?” degan, Tramp esa jilmayib, boş irğagan.
Tramp, şuningdek, Epşteyn bilan aloqalarni uzganini aytgan. Uning sözlariga köra, u Epşteynni öz klubidan haydab çiqargan va uni “buzuq” deb hisoblagan. Ularning döstligi 2004 yilda köçmas mulk böyiça kelişmovçilik sabab tugagan. Şunga qaramay, undan oldin Tramp va Epşteyn taxminan 15 yil davomida yaqin munosabatda bölib, köp vaqtni birga ötkazgan.