Sudlangan migrantlarni Rossiyaga kiritmaslik taklif qilindi
1-02-2026, 14:20
190 марта

Sudlangan migrantlarni Rossiyaga kiritmaslik taklif qilindi
Rossiyada LDPR fraktsiyasi deputatlari partiya yetakçisi Leonid Slutskiy boşçiligida sudlangan xorijiy fuqarolar uçun Rossiyaga umrbod kiriş taqiqini joriy etişni taklif qildi. Tegişli qonun loyihasi parlament palatasi körib çiqişi uçun kiritilgan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.“Taqdim etilayotgan qonun loyihasiga köra, oğir yoki öta oğir jinoyatlar uçun sudlangan, sudlanganligi olib taşlanmagan yoki bekor qilinmagan, şuningdek sudlanganligi olib taşlangan yoki bekor qilingan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslarning Rossiyaga kirişi taqiqlanadi”, deyiladi tuşuntiriş xatida.Hujjatda aniqlik kiritilişiça, hozirda sudlangan xorijiy fuqarolar uçun Rossiyaga kirişni taqiqlaş çoralari faqat malum bir muddatga amal qiladi.
“Taklif etilayotgan çoralar Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga sezilarli zarar yetkazilişining va ularning asosiy huquqlari buzilişining oldini olişga qaratilgan bölib, şuningdek xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslar örtasida jinoyatçilik darajasini kamaytiriş böyiça ogohlantiruvçi çora sifatida xizmat qiladi”, deyiladi hujjatda.