Endi voyaga yetmagan migrantlar Rossiyaga kiritilmasligi mumkin
21-08-2025, 23:06
147 марта

Endi voyaga yetmagan migrantlar Rossiyaga kiritilmasligi mumkin
Rossiya Davlat dumasiga voyaga yetmagan migrantlarning mamlakatga kirişini çeklaş böyiça qonun loyihasi kiritildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.Hujjatda migrant bolalarni ota-onasisiz yoki ularning boşqa qonuniy vakillarisiz, şuningdek, oilasi tomonidan berilgan notarial işonçnoma bilan birga kelgan kattalarsiz Rossiyaga kiritmaslik taklif etilmoqda. Mualliflarning takidlaşiça, bazi ösmirlar mamlakatga öqiş yoki davolaniş bahonasida kirib, iş izlaşga tuşadi. Biroq hukumat bu taşabbusni “bolalarning qarovsizligi muammosini” hal qilmaydi, deb hisoblamoqda.
Qonun loyihasini deputat Nina Ostanina va parlamentning mehnat böyiça qömitasi raisi, mustaqil deputat Yaroslav Nilov taqdim etgan. Ular “voyaga yetmagan çet ellik fuqaro” tuşunçasini qonunçilikka kiritişni taklif qilmoqda. Şunga köra, bunday bolalar Rossiyaga faqat ota-onasi, boşqa qonuniy vakillari yoki ularning roziligi bilan kelgan kattalar hamrohligida kirişi mumkin böladi. Bu tartib faqat talim oliş, davolaniş va vaqtinçalik böliş (masalan, sport musobaqalari, olimpiadalar, sayohatlar) bilan çeklanadi. Şuningdek, agar çet elliklarga berilgan vaqtinçalik yaşaş ruxsatnomasi bekor qilinsa, ular bolalari bilan birga deportatsiya qilinişi közda tutilmoqda.
Deputatlar taqdim etgan tuşuntiriş xatida hozirgi vaqtda voyaga yetmagan çet elliklar ota-onasi bilan ham, ularning roziligisiz mustaqil ravişda ham Rossiyaga kira olişi eslatib ötilgan. Bu esa ularning mamlakatda qonuniy vakillarisiz qolib ketişiga olib kelayotgani aytiladi. Ayrim hollarda ular rasmiy ravişda öqiş uçun kirgani körsatilgan bölsa-da, aslida iş izlaş uçun borgani takidlangan. Deputatlar statistikaga tayanib, 2025 yilning birinçi yarmida Rossiyada asosan 7–14 yoş oraliğidagi 765 ming çet ellik bola bölgani, ularning köpi Tojikiston, Qirğiziston va Özbekistondan ekani haqida malumot bergan. Içki işlar vazirligi esa 2024 yilda 1,5 ming bola migratsiya qoidalarini buzganlik uçun vaqtinçalik saqlaş markazlariga joylaştirilganini malum qilgan.
Biroq hukumat bu taşabbusni tanqid qilgan. Rasmiy xulosada çet ellik bolalarga ota-onasisiz kirişga ruxsat beruvçi norma xalqaro huquq qoidalari bilan mos kelişi va talim, davolaniş hamda sayohat uçun zarurligi qayd etilgan. Hukumat vakillari işonçnomalar bolalarni qarovsiz qolişidan himoya qila olmasligi, ularning haqiqiyligini aniqlaş tartibi belgilanmaganini va deputatlar keltirgan statistikada bolalarning ota-onasisiz qanday şaroitda Rossiyaga kelib qolganiga oid malumot yöqligini körsatgan. Şu sababli qonun loyihasini qayta işlaş lozimligi takidlangan.