USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyada maymunçeçak aniqlandi

219 марта

Rossiyada maymunçeçak aniqlandi

Rossiyaning Moskva viloyatida istiqomat qiluvçi şaxsda maymunçeçak kasalligi aniqlanib, u Domodedovo şifoxonasiga yotqizildi. Bu haqda keça, 1 fevral kuni uşbu Tibbiyot muassasasi matbuot xizmati xabar berdi. 
​
Qayd etilişiça, bemorning ahvoli qoniqarli, u bilan simptomatik davolaş olib borilmoqda. Rospotrebnadzor yuqtiriş manbai va bemor bilan aloqada bölgan şaxslarni aniqlaş maqsadida epidemiologik tekşiruv ötkazmoqda.

Bemor keça, 1 fevral kuni tana harorati 40 darajagaça kötarilgaç, şifoxonaga olib borilgan. Ungaça u şamolladim, deb öylab, uy şaroitida davolangan. Kasallangan şaxs çet elga çiqmaganini va jamoat hammomlariga bormaganini aytmoqda. Unga köra, yuqtiriş manbai nomalum.


Malumot uçun, maymunçeçak – isitma, limfa tugunlarining kattalaşişi va terida toşmalar bilan keçadigan virusli kasallikdir. U zararlangan hayvon yoki inson bilan yaqin aloqada böliş, biologik suyuqliklar yoki ifloslangan buyumlar orqali yuqadi.
Kasallik asosan Markaziy va Ğarbiy Afrikaning çekka hududlarida keng tarqalgan. Maymunçeçakning sönggi yirik avj olişi 2024 yilda Kongo Demokratik Respublikasida boşlangan bölib, oqibatda 80 mingdan ortiq kişi kasallangan, 1,3 ming nafari vafot etgan. Infektsiya tarqalişiga qarşi kuraş doirasida mintaqada favqulodda holat rejimi joriy etilgan va u 2026 yil yanvar oyi oxirida bekor qilingan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: