USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Sanepidqömita özbekistonliklarni Nipah virusi böyiça ogohlantirdi

118 марта

Sanepidqömita özbekistonliklarni Nipah virusi böyiça ogohlantirdi

Hindistonning Kalkutta şahri yaqinida vaktsina va davosi mavjud bölmagan öta xavfli Nipah virusi tarqalgani haqida xabar berilgan edi. Özbekiston Sanitariya-epidemiologiya qömitasi mazkur virus böyiça malumot berdi.


Qayd etilişiça, Nipah virusi zoonoz kasallik bölib hayvonlardan insonga yuqadi masalan, körşapalaklardan. Şuningdek, zararlangan oziq-ovqat orqali va odamdan-odamga yuqişi ham mumkin.
Nipah virusi – boş miya yalliğlanişi yoki nafas yöllari kasalliklari bilan keçadigan jiddiy kasallikni keltirib çiqaradigan virus turi hisoblanadi.

Sönggi yillarda uşbu virus epidemiyalari muntazam ravişda Hindistonda kuzatilmoqda, şu bilan birga inson kasalligi holatlari Janubiy-Şarqiy Osiyo mamlakatlarida ham röyxatga olingan.
“Nipah virusi Özbekistonda qayd etilmagan. Epidemiologik vaziyat barqaror!” deyiladi xabarda.
Uşbu kasallikni Özbekistonga kirib keliş ehtimol juda past bölsada Hindistonga borişga çoğlangan özbekistonliklarga mazkur virusdan saqlaniş uçun quyidagi tavsiyalarga amal qiliş muhimligi eslatib ötiladi:
  • şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etiş;
  • qöllarni sovun bilan yaxşilab yuviş;
  • antiseptik vositalardan foydalaniş;
  • mevalar va sabzavotlarni istemol qilişdan avval yuviş;
  • tekşirilmagan suvni içmaslik;
  • asosiysi körşapalaklar tirnaşi yoki tişlaşi oqibatida teşilgan mevalarni istemol qilmaslik.
Agar yuqori harorat, kuçli boş oğriği, qönğiroq yoki boşqa kasallik belgilari paydo bölsa, darhol şifokorga murojaat qiliş kerak.
Mamlakatda epidemiologik vaziyatni barqaror uşlaş hamda çetdan kirib kelişi mumkin bölgan kasalliklarni oldini oliş maqsadida 54 ta çegara punktlarida doimiy nazorat olib borilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: