Hindistonda ölimga olib keluvçi xavfli virus tarqalmoqda
26-01-2026, 14:58
301 марта

Hindistonda ölimga olib keluvçi xavfli virus tarqalmoqda
Hindistonning Kalkutta şahri yaqinida qarşi vaktsina va davosi mavjud bölmagan öta xavfli Nipah virusi tarqalgani aniqlandi. Bu haqda “The Economic Times” xabar berdi.Naşr malumotiga köra, Ğarbiy Bengaliya ştatida virus yuqtirişning beş holati aniqlangan, şulardan uçtasi joriy hafta qayd etilgan. Xususan, kasallanganlar orasida şifokor, hamşira va tibbiyot muassasasi xodimi bor.
Yana ikki nafar hamşira Yangi yildan keyin Kalkutta yaqinidagi xususiy şifoxonada işlayotganda virusni yuqtirgan. Ularning ikkalasida ham yuqori harorat va nafas oliş bilan boğliq muammolar kuzatilgan. Kasallanganlardan biri komaga tuşgan. Taxminlarga köra, u tahlillar olinmasdan vafot etgan bemorni davolaş jarayonida virusni yuqtirgan bölişi mumkin. Hozirda Hindiston rasmiylari 100 kişini karantinga olgan.
Malumot uçun, Nipah virusi zoonoz infektsiyalar turkumiga kiradi va odamlarga körşapalaklar hamda çöçqalar kabi hayvonlardan yuqişi mumkin. Epidemiologlarning aytişiça, uşbu virusga qarşi dori vositasi mavjud emas va bemorning soğayişi asosan uning immun tizimi holatiga boğliq.