Kosta-Rika tarixida ikkinçi bor ayol prezident saylandi
2-02-2026, 21:25
56 марта

Kosta-Rika tarixida ikkinçi bor ayol prezident saylandi
Keça, 1 fevral kuni Laura Fernandes Kosta-Rikadagi prezidentlik saylovlarida jinoyatçilikka qarşi qatiy siyosatni tarğib qilgan platforma bilan ğalaba qozondi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.39 yoşli siyosatçi Laura Fernandes Kosta-Rika tarixida prezident bölgan ikkinçi ayolga aylandi. 2022 yildan beri mamlakatni boşqarib kelayotgan prezident Rodrigo Çavesning maşhurligidan unumli foydalangan Fernandes saylovning birinçi bosqiçidayoq ğalaba uçun zarur bölgan çegaradan oşgan. Sönggi ön yildan ortiq vaqt içida bunday natijaga heç bir prezidentlik nomzodi erişa olmagan edi
Mamlakat saylov organi ötgan yili Çaves öz lavozimidagi vakolatlaridan Fernandes foydasiga taşviqot olib boriş uçun foydalanganini aniqlagan edi. Konstitutsiyaga köra, bunday amaliyot taqiqlangan. Çaves ketma-ket muddatga qayta saylana olmasdi, biroq yangi hukumat tarkibida muhim lavozimlardan birini egallaşi ehtimol qilinmoqda.
Fernandes dastlabki natijalar elon qilingaç televideniye orqali bölib ötgan videoqönğiroqda öz ustoziga murojaat qilgan.
“Birinçi kundan boşlab menga işonçingizni bildirdingiz, menga işondingiz va bugun Kosta-Rikaning saylangan prezidenti bölişim uçun mening xizmatlarimni qadrlab, menga umid berdingiz”, deydi Çaves mamuriyatining sobiq rasmiysi bölgan Fernandes.
Uning ğalabasi bilan Çavesning populistik harakati – ekspertlar tomonidan Oliy sudni qayta şakllantiriş va nazorat qiluvçi idoralar faoliyatiga tösqinlik qiliş orqali mamlakat institutlarining bir qismini yemirişga kirişgan siyosiy oqim sifatida baholanuvçi bu klan kamida yana tört yil hokimiyatda qoladi.
Fernandesning tez kötarilişi Lotin Amerikasi böylab kuzatilayotgan umumiy tendentsiyaga mos keladi: xavfsizlik saylovçilar uçun eng muhim masalaga aylanar ekan, nomzodlar jinoyatçilikka qarşi “temir qöl” siyosatini vada qilmoqda.