Tramp Putin vadasida turganini aytdi, biroq...
4-02-2026, 13:44
872 марта

Tramp Putin vadasida turganini aytdi, biroq...
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga berilayotgan zarbalarni malum muddatga töxtatiş orqali öz vadasida turdi. Bu haqda keça, 3 fevral kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga bergan bayonotida malum qildi.“Öt oçişni töxtatiş 25 yanvar kunidan 1 fevral kunigaça davom etdi. U tugadi va Putin endi ularga kuçli zarba berdi. Putin bu masalada öz sözida turdi. Bu muhim edi, bilasiz, bir hafta – biz har qanday muddatga rozi bölgan bölardik, çunki u yerda juda-juda sovuq”, degan Oq uy rahbari.
Şuningdek, Tramp Rossiya Prezidenti bilan suhbatlaşganini aytgan, biroq suhbatning qaçon bölib ötgani va tafsilotlarini oşkor etmagan.
29 yanvar kuni Tramp Vladimir Putinga şaxsan murojaat qilib, kuçli sovuqlar sabab Ukrainaga berilayotgan zarbalarni vaqtinça töxtatişni söragan edi. Uning aytişiça, Rossiya Prezidenti bu taklifga rozi bölgan. Keyinçalik Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Tramp Kiyevga 1 fevralgaça hujum qilmaslikni taklif etganini, bu esa harbiy mojaroni tartibga soliş böyiça muzokaralar uçun şaroit yaratişga qaratilganini tuşuntirgan.