180 mingta surat, 2 mingta video: Epşteyn işi böyiça yirik hujjatlar arxivi elon qilindi
4-02-2026, 22:17
156 марта

180 mingta surat, 2 mingta video: Epşteyn işi böyiça yirik hujjatlar arxivi elon qilindi
AQŞ Adliya vazirligi Epşteyn işi böyiça eng yirik hujjatlar arxivini elon qildi. “Meduza” yangi elon qilingan fayllarda kimlarning nomlari uçragani haqidagi malumotlarni jamladi.Joriy yilning 30 yanvar kuni AQŞ Adliya vazirligi bir vaqtlar boy va tasirçan moliyaçi bölgan, keyinçalik esa jinsiy jinoyatlar uçun sudlangan va qamoqda vafot etgan Jeffri Epşteyn işiga oid navbatdagi hujjatlar töplamini elon qildi. Bu Epşteyn işi böyiça eng katta arxiv bölib, unda 3 milliondan ortiq sahifa mavjud. Adliya vazirligi bayonotiga köra, bu sönggi reliz bölib, endi yangi hujjatlar çop etilmaydi. Bunday ulkan hujjatlar massivini batafsil örganiş juda köp vaqt talab etadi, biroq jurnalistlar allaqaçon Epşteyn hujjatlarida qaysi maşhur şaxslar tilga olinganini aniqlaşga ulgurdi. Epşteyn nufuzli döstlar topişni yaxşi bilgan.
Yangi hujjatlar paketiga Epşteyn va uning şerigi Gisleyn Maksvell bilan boğliq jinoyat işlarini tergov qiliş jarayonida töplangan 3 million sahifa matn, 180 mingta fotosurat va 2 mingta videoyozuv kiritilgan. Bu Epşteyn arxivining eng yirik relizi bölib, ehtimol, oxirgisi hamdir. Adliya vazirligi 2025 yil noyabrida qabul qilingan Epşteyn hujjatlarini oşkor qiliş töğrisidagi qonun böyiça öz majburiyatlarini şu bilan bajarganini malum qildi.
Vazirlik malumotiga köra, hozirgaça Epşteyn arxivlaridagi 6 million sahifaning 3,5 millioni oşkor qilingan. Qolgan hujjatlar turli sabablarga köra, jumladan, Epşteyn va Maksvell harakatlaridan jabrlanganlarni himoya qiliş maqsadida elon qilinmaydi. Şu bilan birga, Kongressdagi demokratlar Donald Tramp mamuriyatining halolligiga şubha bildirmoqda. Trampning özi ham bir vaqtlar Epşteyn bilan döst bölgan. Demokratlar hujjatlarning töliq arxivini elon qildirişga harakat qilişlarini bildirgan.
Sönggi kunlarda jurnalistlar hujjatlarning yangi qismini örganişni boşlaşdi. Avvalo, Epşteyn aloqada bölgan maşhur şaxslarning ismlarini izlaşga etibor qaratildi. U köplab tasirli odamlar bilan bevosita muloqot qilgan, boşqalarining ismlarini esa yozişmalarda tilga olgan.
AQŞ Prezidenti Donald Tramp
Epşteynning sönggi elektron xatlar töplamida Tramp familiyasi tilga olingan beş mingdan ortiq fayl bor. Biroq bu Tramp bilan töğridan töğri yozişmalar emas, balki köpinça Epşteynning öz xatlarida ham emas, balki u boşqalarga yuborgan gazeta maqolalaridagi eslatmalardir. Şuningdek, arxivda nima sababdandir 2025 yilda FQB tomonidan tuzilgan Tramp va sobiq prezident Bill Klintonga nisbatan jinsiy zöravonlik haqidagi ayblovlar röyxati ham bor. Ehtimol, bu tasdiqlanmagan ayblovlardir. Tramp ham, Klinton ham Epşteyn atrofidagi muloqot doirasiga kirgan, biroq uning jinoyatlaridan bexabar bölganini takidlagan.
Dunyodagi eng boy odam Ilon Mask
Mask Epşteyn bilan 2010 yillarning birinçi yarmida yozişmalar olib borgan. Ular, xususan, Epşteyn Karib dengizidagi şaxsiy orolida uyuştirgan bazmlar haqida gaplaşişgan. Avvalroq Mask Epşteyn uni oroliga “behuda tortmoqçi bölganini” aytgan, ammo elon qilingan xatlar Maskning özi ham borişga qarşi bölmaganini körsatadi. 2012 yil oxiridagi xatlardan birida u Epşteyndan “oroldagi eng telba bazm” qaçon bölişini söraydi va öşa paytdagi rafiqasi Talula Rayli bilan borişni rejalaştirayotganini yozadi. Biroq bu rejalar amalga oşganmi-yöqmi, xatlardan malum emas.
Buyuk Britaniya qiroli Çarlz III ning ukasi Endryu
Endryuning Epşteyn bilan döstligi ançadan beri malum. Hatto Epşteyn jinsiy jinoyatçi sifatida sudlanganidan keyin ham Endryu bu aloqani uzmagan. Moliyaçi qamoqda vafot etganidan söng Endryu uning xizmatlaridan foydalangani malum böldi. Epşteynning eng maşhur ayblovçisi Virjiniya Juffre 2001 yilda, özi 17 yoşda bölganida Epşteyn uni Endryu bilan taniştirgani va u bilan jinsiy aloqa uçun pul tölaganini aytgan.
Yangi hujjatlarga köra, Juffre yagona holat bölmagan. 2010 yilda Epşteyn Endryuga 26 yoşli rossiyalik qiz bilan tanişişni taklif qilgan, uni çiroyli, aqlli va “işonçli” deb tariflagan. Endryu bu taklifga qiziqiş bildirgan va tanişuvdan mamnun bölişini aytgan. Şuningdek, Epşteyn arxivida Endryuning yerda yotgan ayol ustida tiz çökib turgan suratlari ham topilgan. Ular qaçon va qayerda olingani nomalum.
Microsoft asosçisi va milliarder Bill Geyts
Epşteyn Geyts bilan aloqada bölgani avval ham malum edi. OAV bu munosabatlar Bill va Melinda Geyts ajraşuvining sabablaridan biri bölganini yozgan. Epşteyn poçtasida 2013 yil iyuliga oid, Geytsga yöllangan, ammo öziga yuborilgan ikki maktub bor. Ularda Epşteyn Geyts endi u bilan hamkorlik qilmaslik va obrösini saqlaş uçun muloqotni töxtatganidan şikoyat qiladi. Şu bilan birga, u yillar davomida Geytsga eng şaxsiy masalalarda, jumladan, “rossiyalik qizlar bilan jinsiy aloqaning oqibatlarini yengiş uçun” dori-darmon topişda yordam berganini yozadi. Geyts bu xatlar mazmunini yolğon deb atagan.
Norvegiya valiahd malikasi Mette-Marit
Kamida 2011–2014 yillarda davom etgan döstona yozişmalarda u Epşteynni “jozibali” va “yoqimli” deb atagan, Parij “xiyonat uçun mos şahar” ekanini hazil qilgan. 2013 yilda Epşteyn bilan aloqani uzganini aytgan Mette-Marit bu munosabatlarni “uyatli” deb atagan.
Virgin Group asosçisi va milliarder Riçard Branson
Yangi hujjatlarga köra, Branson Epşteynni öz orolida mehmon qilgan. 2013 yil sentyabridagi maktubda Branson Epşteynni taşrif uçun minnatdorlik bildiradi va yana kelişga taklif qiladi.
“Agar bu tomonda bölsang, seni körişdan xursand bölamiz. Faqat haramingni ham olib kel”. Virgin Group bu uçraşuv işbilarmonlik xarakterida bölganini, Epşteyn uç nafar “voyaga yetgan ayol” bilan kelgan bölsa-da, ular uçraşuvda iştirok etmaganini bildirgan.
Kinorejissyor Brett Ratner
“Soat tiği” komediyasi rejissyori Ratner Epşteynning Nyu-Yorkdagi uyida olingan suratda aks etgan. Sanasi nomalum suratda Ratner va Epşteyn ikki ayol bilan divanda ötirgan. Holbuki, rejissyor uç yil avval Epşteyn bilan heç qaçon uçraşmaganini aytgan edi. U yana izoh berişdan boş tortgan.
AQŞ Savdo vaziri Govard Lyutnik
Ötgan yili Epşteyn hujjatlari atrofidagi mojaro fonida Lyutnik Nyu-Yorkda Epşteynning qöşnisi bölganini, 2005 yilda bir marta mehmon bölib borgani, ammo uy örtasida massaj stoli turganini körib, bu “jirkanç odam” bilan boşqa heç qaçon “bir xonada bölmaslikka” qaror qilganini aytgan. Ammo yangi hujjatlar uning yolğon gapirganini körsatadi: 2012 yilda u elektron poçta orqali Epşteyn bilan Rojdestvo oldidan rafiqasi va bolalari bilan uning şaxsiy oroliga borişni kelişib olgan.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin
Putinning familiyasi yangi hujjatlar töplamidagi mingdan ortiq faylda uçraydi. Turli odamlar bilan yozişmalarda Epşteyn Rossiya Prezidenti bilan ehtimoliy uçraşuvni muhokama qiladi va hatto 2013 yilda u bilan körişiş taklifini şartlar mos kelmagani uçun rad etganini davo qiladi. Biroq arxivda Epşteynning Putin bilan haqiqatan ham uçraşganini tasdiqlovçi dalillar yöq. Şu bilan birga, hujjatlar orasida 2017 yilga oid FQB hisobotida Epşteyn Putinning yaşirin aktivlarini boşqarişda aloqador bölgani haqidagi manba sözlari keltirilgan. “The Daily Mail” tabloidining manbalari esa Epşteyn Rossiya hukumatlari manfaatlari yölida josuslik qilgan bölişi mumkinligini ham istisno etmaydi.