Zelenskiy uruşda qança askari ölganini aytdi
5-02-2026, 14:18
67 марта

Zelenskiy uruşda qança askari ölganini aytdi
Rossiya bilan mojaroda Ukraina Qurolli kuçlari yöqotişlari 55 ming kişidan oşdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “France 2” telekanaliga bergan intervyusida söz oçdi.“Ukrainada rasmiy malumotlarga köra, jang maydonida 55 ming harbiy halok bölgan, ular orasida professional harbiylar ham, safarbar qilinganlar ham bor. Bu raqamga Ukraina “yöqolgan” deb hisoblagan katta sonli odamlar ham qöşilişi kerak”, degan Zelenskiy.Bir yil oldin, 2025 yil fevral oyida, Zelenskiy halok bölganlar sonini 46 ming deb bildirgan edi.
U şuningdek, jangovar harakatlarni yakunlaş Ukraina uçun eng muhim ustuvor vazifa ekanini aytgan va faol diplomatik harakatlar hamda muzokaralar orqali tinçlikni bir yil içida taminlaş mumkinligiga umid bildirgan.
Prezidentning qöşimça qilişiça, hatto hozirgi pozitsiyalarda front çiziğini “muzlatiş” ham Ukraina tomonidan katta imtiyoz bölardi, ammo u davlat mustaqilligini saqlaş maqsadida muloqotga tayyor.