Bakuda maktab öquvçisi öqituvçisini otib qöydi
6-02-2026, 18:44
90 марта

Bakuda maktab öquvçisi öqituvçisini otib qöydi
Bugun, 6 fevral kuni Ozarbayjon poytaxti Baku şahridagi xususiy maktab öquvçisi otasining quroli bilan öqituvçisini yaraladi. Bu haqda “Azertag” xabar berdi.Naşrga köra, hodisa Bakuning Binagadi tumanida joylaşgan Idrak xususiy litseyi yaqinida sodir bölgan. Ozarbayjon Içki işlar vazirligining xabar berişiça, ösmir maktabga otasiga tegişli ov miltiği bilan kelgan va u yerda işlaydigan öqituvçini yaralagan.
Rasmiy malumotlarga köra, 1997 yilda tuğilgan öqituvçi Klinik tibbiyot markazida davolanmoqda. Şifokorlar unga zarur tibbiy yordam körsatgan. Bemor barça kerakli laboratoriya va instrumental tekşiruvlardan ötkazilgan. Şifokorlar uning ahvolini barqaror, örtaça oğir deb baholamoqda.
Maktab öquvçisi politsiya tomonidan hibsga olingan. Uning ov miltiği musodara qilingan. Hozirda holat böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda.