Jiddiy zararlangan: Luvrdan öğirlangan Yevgeniya toji namoyiş etildi
7-02-2026, 08:09
198 марта

Jiddiy zararlangan: Luvrdan öğirlangan Yevgeniya toji namoyiş etildi
Luvrdagi öğrilikdan söng ilk bor Napoleon III ning rafiqaçi Yevgeniyaning toji namoyiş etildi. 2025 yilning 19 oktyabr kuni sodir bölgan talonçilik vaqtida öğrilar şoşilib tojni köçada taşlab ketgan. Bu haqda muzeyning rasmiy saytida xabar berildi.Ötgan yilning oktyabr oyida yuz bergan Luvr talonçiligida bir guruh jinoyatçilar qariyb 88 million yevro qiymatidagi qimmatbaho buyumlarni olib qoçişga muvaffaq bölgan. Ular frantsuz monarxlariga tegişli, brilliantlar bilan bezatilgan zargarlik buyumlarini öğirlagan. Biroq ular Napoleon III ning rafiqasi Yevgeniyaga tegişli tojni jinoyat joyidan skuterda qoçib ketayotgan paytda tuşirib yuborgan.
Talonçilikdan söng muzey zarar körgan tojning suratlarini elon qildi. Unda buyum “sezilarli darajada şikastlangani” malum qilingan, çunki talonçilar uni şişa himoya vitrinasida oçilgan tor teşikdan ötkazişga uringan.
Tojda oltin burgutlardan biri yetişmaydi, biroq barça 56 ta zumrad va deyarli barça brilliantlar (1354 tadan atigi öntasi yöq) öz joyida saqlanib qolgan.
Muzey mamuriyatining qöşimça qilişiça, XIX asrda yasalgan toj töliq restavratsiya qilinadi, bunda “rekonstruktsiya qiliş zarurati bölmaydi”. Restavratsiya jarayonini Luvr rahbari Loran de Kar boşçiligidagi maxsus ekspert komissiyasi nazorat qiladi.