Ğazoda qurbonlar soni 72 mingdan oşdi
7-02-2026, 18:38
167 марта

Ğazoda qurbonlar soni 72 mingdan oşdi
2023 yil 7 oktyabr kuni Isroil harbiylarining Ğazo sektoriga boşlagan hujumlari oqibatida halok bölganlar soni 72 ming 27 kişiga yetdi. Bu haqda Ğazodagi Soğliqni saqlaş vazirligiga tayanib, TRT Haber xabar berdi.Vazirlik bergan bayonotga köra, sönggi 24 soat içida 25 nafar yarador va ikki nafar falastinlikning jasadi Ğazo hududidagi şifoxonalarga olib kelingan.
Malumotlarga köra, 2025 yil 10 oktyabr kuni sulh kuçga kirganidan buyon Isroil hujumlari oqibatida 576 kişi halok bölgan, 1 543 kişi jarohatlangan. Şuningdek, vayronalar ostidan 717 nafar insonning jasadi çiqarib olingan.
Umuman olganda, 2023 yil oktyabr oyidan beri Isroilning Ğazo sektoriga uyuştirgan hujumlari oqibatida halok bölganlar soni 72 027 kişiga, yaralanganlar soni esa 171 651 kişiga yetgani qayd etilgan.