USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Alekseyevni otişda gumonlanayotgan şaxs Dubayda qölga olindi

363 марта
Alekseyevni otişda gumonlanayotgan şaxs Dubayda qölga olindi

BAA hukumati uşbu rossiyalikni Moskvaga topşirgan. Rossiya tergovçilari esa yuqori martabali generalga suiqasdni Ukraina maxsus xizmatlari bilan boğlamoqda.
Grigoriy Sisoyev / Sputnik / RIA Novosti / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahrida RF qurolli kuçlari Boş ştabi Boş boşqarmasi (sobiq boş razvedka boşqarmasi, GRU) boşliği birinçi örinbosari Vladimir Alekseyevga suiqasd uyuştirişda gumonlanayotgan şaxs qölga olingan. Bu haqda «Interfaks» Rossiya federal xavfsizlik xizmatiga asoslanib xabar tarqatdi. 


Maxsus xizmatlarga köra, qölga olingan şaxs – Rossiya fuqarosi, 66 yoşli Lyubomir Korbadir. FXX uni suiqasdning töğridan töğri ijroçisi deb atagan. BAA huquq-tartibot organlari uni Rossiyaga topşirgan. 
Bundan taşqari, Alekseyevga suiqasd işi böyiça Moskvada RF fuqarosi Viktor Vasin (1959 yilda tuğilgan) qölga olingan. Şuningdek, Zinaida Serebritskaya (1971 yilda tuğilgan) uşbu işga aloqadorlikda gumonlanmoqda, FXXga köra, u Ukrainaga ketişga ulgurgan. Maxsus xizmatlar uşbu şaxslarni jinoyatçining şeriklari deb atagan.
Lyubomir Korba (suratda öngda) mamlakatni tark etayotganida aeroportda olingan surat
Tergov qömitasi xabariga köra, Lyubomir Korba 1960 yilda Ternopil oblastida (hozirda Ukraina tarkibida) tuğilgan. Tergov versiyasiga köra, u Ukraina maxsus xizmatlarining terakt amalga oşiriş böyiça topşiriği asosida 2025 yil dekabrida Moskvaga kelgan. Uning şerigi ekani aytilayotgan Viktor Vasinga nisbatan qurol-yaroğning noqonuniy muomalasi va harbiy xizmatçining hayotiga tajovuz qiliş moddalari böyiça ayblov elon qilingan.
RF mudofaa vazirligi general-leytenanti Vladimir Alekseyevga nisbatan suiqasd 6 fevral tongida amalga oşirilgandi. General Moskvaning Volokolamskoye şossesidagi uyi oldida hujumga uçragan.
Vladimir Alekseyev (2023 yil iyunida Vagner xususiy harbiy kompaniyasiga qilingan videomurojaatdan skrinşot)
Yevgeniy Lisitsin / Telegram
«Kommersant» naşrining huquq-tartibot organlaridagi manbasiga köra, suiqasd ertalabki soat yettilar atrofida sodir etilgan. General kvartirasidan çiqqanida uni köçada xizmat maşinasi kutayotgandi. Podezd oldidagi maydonçada u «uyga ovqat yetkazib beriş xizmati xodimi sifatida kirib olgan şaxs bilan töqnaşgan». U generalning qöli va oyoğidan yaralagan, Alekseyev uning töpponçasini olib qöyişga harakat qilganida, kökragiga ham öq uzilgan.
Naşr manbalari «harbiy mulozimning faol qarşiligi killerga işni oxiriga yetkazişga imkon bermagan». 
Şundan keyin Alekseyev oxir ahvolda şifoxonaga yotqizilgandi. 7 fevral kuni general jarrohlik amaliyotidan keyin öziga kelgani xabar qilindi.
Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Alekseyevga uyuştirilgan suiqasd «Zelenskiy rejimining muzokaralar jarayonini buzişga qaratilgan doimiy provokatsiyalarga intilişini tasdiqlaşi» haqida gapirdi. Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga Kiyevning suiqasdga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni rad etdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: