USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukraina razvedkasi: Putin Trampga 12 trillion dollarlik kelişuv taklif qilgan

343 марта

Ukraina razvedkasi: Putin Trampga 12 trillion dollarlik kelişuv taklif qilgan

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning malum qilişiça, Ukraina razvedkasi Kreml AQŞ prezidenti Donald Trampni öz tomoniga oğdiriş maqsadida 12 trillion dollarlik yirik iqtisodiy kelişuv taklif qilgani haqida malumotga ega.

Zelenskiyning aytişiça, mazkur taşabbus «Dmitriyev paketi» deb ataladi va u Rossiya tomonidan muzokaraçi sifatida qatnaşgan Kirill Dmitriyev – Rossiya töğridan-töğri investitsiyalar jamğarmasi rahbari nomi bilan boğliq. Uşbu taklif Dmitriyevning yaqinda Vaşingtonga amalga oşirgan taşrifi davomida ilgari surilgani aytilmoqda.


12 trillion dollar – bu Rossiyaning yillik yalpi içki mahsulotidan tört baravardan ortiq summa hisoblanadi.

«Körinadiki, gap AQŞ va Rossiya örtasidagi iqtisodiy hamkorlik paketlari haqida ketmoqda. [...] Biz Amerika va Rossiya örtasida şunday yoki şunga öxşaş ikki tomonlama hujjatlar imzolanişi mumkinligi haqida signallar olayapmiz», – dedi Zelenskiy ukrainalik jurnalistlar bilan suhbatda.
Ukraina prezidenti kelişuvning aniq şartlarini oçiqlamagan, biroq ehtimoliy hujjatlar Ukraina suvereniteti yoki xavfsizligiga daxl qilişi mumkinligini takidlagan.

«Biz aniq aytamiz – agar bunday, hatto ehtimoliy kelişuvlar Ukraina iştirokisiz qabul qilinsa, mamlakatimiz ularni qöllab-quvvatlamaydi», – dedi u.

Zelenskiyning bayonotlari Wall Street Journal’ning ötgan yil noyabridagi xabari bilan boğliq bölişi mumkin. Naşr amerikalik tadbirkorlar va rossiyalik oligarxlar örtasida uçraşuvlar bölib ötgani va ularda toğ-kon hamda energetika kompaniyalarida ehtimoliy uluşlar muhokama qilingani haqida yozgan.
Qayd etilişiça, Kirill Dmitriyev avvalroq Donald Trampning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kuşner bilan birgalikda 28 banddan iborat «tinçlik rejasi» ustida işlagan. Uşbu rejada Rossiyaga qarşi sanktsiyalarni bosqiçma-bosqiç bekor qiliş hamda AQŞ–Rossiya iqtisodiy hamkorligini yölga qöyiş taklif etilgan. Ukraina prezidenti esa, aksinça, Moskvaga nisbatan sanktsiyalarni kuçaytiriş tarafdori ekanini bildirib kelmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: