AQŞ va Rossiya tunnel orqali boğlanişi mumkin
18-10-2025, 14:53
449 марта

AQŞ va Rossiya tunnel orqali boğlanişi mumkin
Rossiya va AQŞni Çukotka va Alyaskani Bering böğozi orqali boğlaydigan tunnel quriş loyihasini muhokama qiliş boşlandi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlik böyiça maxsus vakili va Rossiya töğridan töğri investitsiyalar jamğarmasi rahbari Kirill Dmitriyev X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida malum qildi.“Rossiya va AQŞ örtasidagi tunnel böyiça muhokamalar boşlanmoqda”, deb yozdi u.Dmitriyevning sözlariga köra, loyiha ikki davlat örtasidagi “birlik ramzi” bölişi mumkin. AQŞ Prezidenti Donald Tramp esa bu ğoyani qiziqarli deb atab, “bu haqda öylab körmoqçi” ekanini aytgan.
“Men yaqinda Rossiyadan Alyaskagaça tunnel ğoyasi haqida eşitdim. Bungaça bunday narsa haqida bilmaganman. Biz yaqinda Alyaskada ajoyib yöl qurdik. U bizga köplab foydali qazilmalar manbalariga boriş imkonini beradi”, deydi Tramp.Keça, 17 oktyabr kuni Dmitriyev Ilon Maskni Bering böğozi ostidan “Putin–Tramp” deb nomlanişi rejalaştirilgan tunnel qurilişida iştirok etişga taklif qilgan. Şuningdek, u Boring Company asosçisiga X orqali murojaat qilib, Rossiya va AQŞ kuçlarini birlaştirişga çaqirgan.
“Qöşma Ştatlar va Rossiyani, Amerikani va Afroyevrosiyoni boğlovçi tunnelni tasavvur qiling – Putin-Tramp tunneli, 70 mil uzunlikdagi halqa, birlik ramzi. Keling, kelajakni birgalikda qura olamiz! Insoniyat tarixida birinçi marta qitalarni boğlaş vaqti keldi”, deb yozgan u.Dmitriyevning hisob-kitoblariga köra, loyiha qiymati taxminan 65 milliard dollarni taşkil etadi, biroq Boring Company texnologiyalaridan foydalanilsa, xarajatlar deyarli sakkiz baravar arzonlaşib, 8 milliard dollardan ham kam bölişi mumkin. U, şuningdek, tunnelni sakkiz yil içida qurib bitiriş mumkinligiga işonç bildirgan.

Rossiya töğridan töğri investitsiyalar jamğarmasi rahbari jamğarma loyihani moliyalaştirişda iştirok etişga tayyorligini malum qilgan. Unga köra, “Rossiya va AQŞni Bering böğozi orqali boğlaş orzusi” qadimdan mavjud bölib, jamğarma AQŞ-Kanada-Rossiya-Xitoy temiryöl yönalişi kabi turli variantlarni örganib çiqqan va eng istiqbolli variantni qöllab-quvvatlaşga tayyor.