USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyada tibbiy körikdan ötişdan boş tortgan migrantlar uçun jarima 12,5 baravar oşiriladi

139 марта
Rossiyada tibbiy körikdan ötişdan boş tortgan migrantlar uçun jarima 12,5 baravar oşiriladi

Şuningdek, migrantlar Rossiya hududiga kirgandan keyin tibbiy körikdan ötişi şart bölgan muddat 90 kundan 30 kungaça qisqartiriladi.
Foto: RIA Novosti

Çet el fuqarolari yoki fuqaroligi bölmagan şaxslar tibbiy körikdan ötişdan boş tortgan yoki böyin tovlagan taqdirda 25 mingdan 50 ming rublgaça jarima tölaşi kerak böladi. Bunday qoidaga ega qonun loyihasi 10 fevral kuni Rossiya Davlat Dumasi deputatlari tomonidan birinçi öqişda maqullandi.


Hozir Rossiya qonunçiligiga köra, jarayondan böyin tovlaganlik uçun 2-4 ming rubl miqdorida jarima közda tutilgan. Mamuriy javobgarlikning yana bir çorasi sifatida hujjat Rossiyadan çiqarib yuborişni belgilaydi. Agar çet ellik belgilangan muddatda jarimani tölamasa, unga ikki baravar miqdorda jarima solinadi va majburiy ravişda mamuriy çiqarib yuboriladi.



Loyihaga köra, migrantlarning şifokor körsatmasisiz giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki potentsial xavfli psixoaktiv moddalarni istemol qilişini, şuningdek, ularda yuqumli kasalliklar va OIV infektsiyasi mavjudligini tibbiy tekşiruvdan ötkaziş tartibini buzganlik uçun mamuriy jazo joriy etiş nazarda tutilmoqda. Buning uçun taşkilotlar 1 mln rublgaça jarimaga tortiladi yoki 90 sutkagaça majburiy ravişda işini töxtatib turadi.


Şuningdek, hujjat migrantlar Rossiya hududiga kirgandan keyin tibbiy körikdan ötişi şart bölgan muddatni 90 kundan 30 kungaça qisqartirişni nazarda tutadi. Bundan taşqari, mamlakatda 30 kundan ortiq bölgan xorijliklar uçun har yili majburiy tibbiy körikdan ötiş joriy etiladi.

Qonun loyihasini Duma spikeri Vyaçeslav Volodin, şuningdek, Duma fraktsiyalari rahbarlari va Duma raisi örinbosari Irina Yarovaya boşçiligidagi 427 nafar deputatdan iborat guruh kiritdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: