Rossiya generaliga uyuştirilgan suiqasdning yana bir iştirokçisi qölga olindi
11-02-2026, 16:11
345 марта

Idora Pavel Vasin jinoyatiga iqror bölib, körsatma berganini malum qilgan. Unga köra, u işning boşqa figurantlari Lyubomir Korba va Viktor Vasin (Pavelning otasi) «Ukraina maxsus xizmatlari manfaatlari yölida» Rossiya Mudofaa vazirligining yana ikki yuqori martabali xodimi ortidan kuzatuv olib borgan. FXX ularning nomlarini keltirmagan.
Idora versiyasiga köra, Pavel Vasin suiqasdni tayyorlaş jarayonida işning boşqa ikki figurantiga maşina taqdim etgan, rossiyalik harbiylarni kuzatiş uçun videoregistrator va treker sotib olgan, şuningdek, internetdan ular haqida malumot töplaşda yordam bergan.
FXX matbuot xizmati Pavel Vasinning körsatma berişi videosini elon qilgan. Bu video qanday şaroitda olingani nomalum. Videoda u 2025 yil sentyabrida Korba tomonidan «Ukraina xavfsizlik xizmati uçun» yollangani va uning topşiriqlarini bajarganini aytadi. U şuningdek «general Alekseyevga suiqasd uyuştirişga tayyorgarlik körgani» haqida gapirgan.
Pavel Vasin – professional harbiy, Rossiya qurolli kuçlari ofitseridir, deb xabar bergan «Vajniye istorii». 2003 yilda u Buyuk Pyotr nomidagi Strategik raketa qöşinlari harbiy akademiyasini tamomlagan. Jurnalistlar uning rezyumesida u beş yil mobaynida şartnoma asosida xizmat qilgani, aloqa vositalari bilan işlagani va xorijiy komandirovkalarga borgani haqida malumotlarni topişgan.
Xizmatni tamomlaganidan keyin Pavel Vasin Moskva davlat gumanitar fanlar universitetining yuridik fakultetida öqigan va tijoriy kompaniyalarda işlagan. 2022 yil sentyabrida u «Astronomik ilmiy markaz» (ANTs)da muhandis-kuzatuvçi lavozimida işga joylaşgan.
2023 yil martida uşbu korxonadan işdan böşagan. Bir yil ötib AQŞ uşbu korxonani sanktsiyalar röyxatiga kiritgan. Vaşingtondagilar uşbu korxona avtomatlaştirilgan optoelektron tizimlarni işlab çiqarişi va ulardan foydalanişini malum qilgan. Şuningdek, ANTs «Roskosmos»dan grantlar olgani malum.
«Novaya gazeta Yevropa» malumotiga köra, Pavel Vasin telegramda Forum Z, «Russkaya obşçina» (YuVAO), «Russkaya obşçina» (Balaşixa) kabi millatçilik ruhidagi guruhlarga azo bölgan.
RF qurolli kuçlari Boş ştabi boş boşqarmasi (sobiq boş razvedka boşqarmasi) boşliği örinbosari Vladimir Alekseyevga suiqasd 6 fevral kuni sodir etilgandi. General öşa kuni tongda Volokolamskoye şossesidagi uyi podezdi oldida qurolli hujumga uçragan. U oğir jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizilgan va operatsiya qilingan. Keyingi kuni u közini oçgan. TASS malumotiga köra, generalning holati «barqarorligiça qolmoqda».
8 fevral kuni Dubayda Rossiya fuqarosi, 65 yoşli Lyubomir Korba qölga olindi va Moskvaga topşirirldi, FXX uni suiqasdning töğridan töğri ijroçisi deb hisoblamoqda. Moskvada uning tanişi, 66 yoşli Viktor Vasin ham qölga olindi. OAV Viktor Vasina sobiq harbiy bölgani haqida yozgan.