Qirğizistonda vaziyat qaltis. Prezident Konstitutsion sudga murojaat yölladi
12-02-2026, 08:15
1 023 марта

Qirğizistonda vaziyat qaltis. Prezident Konstitutsion sudga murojaat yölladi
Qirğiziston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga Prezident Sadir Japarovning amaldagi davlat rahbarining vakolatlarini amalga oşiriş muddatlari va navbatdagi yoki muddatidan ilgari prezidentlik saylovlarini tayinlaş tartibiga oid Konstitutsiya normalariga rasmiy şarh beriş töğrisidagi taqdimnomasi kelib tuşdi. Bu haqda Konstitutsion sud matbuot xizmati xabar bermoqda.Hujjatda qayd etilganidek, murojaat qiliş zarurati ijtimoiy-siyosiy makonda va ekspertlar muhitida konstitutsiyaviy qoidalarni talqin qiliş böyiça mutlaqo qarama-qarşi pozitsiyalar şakllangani bilan boğliq.
Gap 2010 yilgi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq saylangan prezident vakolatlari muddatining boşlaniş vaqti va davomiyligini, şuningdek, navbatdagi yoki muddatidan ilgari saylovlarni ötkazişni tartibga soluvçi normalar haqida bormoqda.
Taqdimnomada 2021 yil 11 apreldagi referendumda qabul qilingan “Qirğiziston Respublikasi Konstitutsiyasi töğrisida”gi Qonunning qoidalari, bir qator ekspertlarning fikriga köra, 2010 yil 27 iyundagi tahrirdagi Konstitutsiya normalari bilan birgalikda qöllanilganda noaniq talqin qilinişiga yöl qöyişi va ziddiyatlarni keltirib çiqarişi körsatilgan.
Qayd etilişiça, huquqşunoslar va jamoat arboblarining qarama-qarşi huquqiy pozitsiyalari ommaviy hokimiyat institutlarining barqaror va qonuniy faoliyat yuritişi uçun fundamental ahamiyatga ega bölgan masalalar böyiça konstitutsiyaviy-huquqiy noaniqlik yuzaga kelganidan dalolat beradi.
Körsatilgan noaniqlik, materiallarga köra, konstitutsiyaviy tuzum asoslariga, xalq hokimiyatçiligi printsipiga, Konstitutsiyaning ustunligi va töğridan-töğri amal qilişiga, huquqiy aniqlikka, saylovlarni ötkaziş tartibi va muddatlariga, fuqarolarning saylov huquqlariga daxl qiladi.
Hujjatda, şuningdek, hokimiyat va saylov masalalariga yuqori ijtimoiy sezgirlik şaroitida tafovutlarning saqlanib qolişi siyosiy qarama-qarşiliklarga olib kelişi, davlat institutlariga bölgan işonçni susaytirişi va qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi uçun xavf tuğdirişi mumkinligi qayd etilgan.
Saylov va referendumga tayyorgarlik köriş hamda uni ötkazişni taminlovçi organlarning xatti-harakatlari yuzasidan nizolar kelib çiqişi ehtimoli alohida körsatib ötilgan.
Huquqiy mavhumlikni bartaraf etiş va yuzaga kelişi mumkin bölgan konstitutsiyaviy inqirozning oldini oliş maqsadida davlat rahbari söragan:
• Qirğiziston Respublikasi Konstitutsiyasining (qonunning 2021 yil 5 maydagi tahririda) 67-moddasi, 68-moddasi 2-qismi ikkinçi xatboşisi va 72-moddasi 1-qismini 2010 yilgi tahrirdagi Konstitutsiya normalari va 2021 yil 11 aprelda qabul qilingan “Qirğiziston Respublikasi Konstitutsiyasi töğrisida”gi Qonun qoidalari bilan tizimli özaro boğliqlikda rasmiy şarhlaş;
• navbatdagi yoki muddatidan ilgari prezident saylovini ötkaziş tartibi va muddatlarini tuşuntiriş.
Taqdimnoma Konstitutsiyaviy sud tomonidan 17 fevral kuni yozma şaklda birinçi navbatda körib çiqiladi.
Ayni vaqtda Qirğizistonda vaziyat qaltis. Gap şundaki, köplab jamoat faollari mamlakat prezidentining yangi saylovini ötkazişni zudlik bilan boşlaş taşabbusi bilan çiqdi. Taşabbuskorlar murojaatni Prezident Sadir Japarov va parlament – Jogorku Keneş raisi Nurlanbek Turğunbek öğliga yщllagan. Hujjatni 75 kişi – olimlar, sobiq boş vazirlar, sobiq deputatlar va jamoat arboblari imzolagan. Ayni vaqtda hujjatni imzolaganlar tergovga jalb qilinayotgani haqida malumotlar mavjud.
Içki işlar vazirligining Tergov xizmati Qirğiziston Jinoyat kodeksining 278-moddasi – ommaviy tartibsizliklar – böyiça jinoiy iş qözğatgan.Ommaviy tartibsizliklarni uyuştirişda gumonlanib, Emilbek Uzoqboyev, Qurmanbek Diyqanboyev va Bekbolot Talğarbekov hibsga olingan. Ular vaqtinçalik saqlaş hibsxonasiga joylaştirilgan.