Frantsiyada 15 yoşli bola yollanma qotil sifatida gumonlonmoqda
12-02-2026, 15:43
102 марта

Frantsiyada 15 yoşli bola yollanma qotil sifatida gumonlonmoqda
Frantsiyaning Marsel şahrida taksi haydovçisini öldirganlikda ayblanayotgan 15 yoşli bolaning sud jarayoni boşlandi. Bu haqda “Euro News” xabar berdi.Malum bölişiça, 2024 yilning oktyabr oyida 14 yoşda bölgan ösmir giyohvand moddalar sotuvçilari tomonidan onlayn tarzda yollangan. Uni Marselga olib kelib, qurol berişgan va raqib töda azosini öldiriş uçun şartnoma berişgan. Voyaga yetmagan qotil taksi buyurtma qilgan, ammo nomalum sabablarga köra haydovçi bilan janjallaşib, uni otib taşlagan. Bundan xabar topgan qotillik taşkilotçilari politsiyaga qönğiroq qilib, buyruqni bajarmagan ösmirni topşirgan.
Marhum 36 yoşli taksi haydovçisining töda zöravonligiga aloqasi yöq bölgan. Uning ayoli va uç nafar farzandi bölgan. Beva ayolning advokati suddan boşqa voyaga yetmagan jinoyatçilarga saboq böladigan jazo tayinlaşni talab qilgan. Qotil 20 yilga ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin.
Sudlanuvçining himoyasi buni nafaqat uning şaxsiy aybi, balki ijtimoiy xizmatlar va talim tizimining muvaffaqiyatsizligi deb topgan.
Ösmir 9 yoşidan beri bolalar uyida va vasiylik uyida yaşab kelgan. Çunki uning ota-onasi qamalgan bölgan.