Davlat töntarişiga uriniş: Ozarbayjonda amaldorlarga oğir ayblovlar qöyildi
12-02-2026, 23:51
86 марта

Davlat töntarişiga uriniş: Ozarbayjonda amaldorlarga oğir ayblovlar qöyildi
Ozarbayjonda davlatga xiyonat, davlat hokimiyatini zörlik bilan egallab olişga qaratilgan harakatlar va boşqa qator ayblovlar bilan hibsga olingan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining sobiq rahbari, 87 yoşli “kulrang kardinal” Ramiz Mehdiyev,Ozarbayjon Xalq fronti partiyasi raisi Ali Karimli Ozarbayjon Respublikasi Boş vazirining sobiq birinçi örinbosari Abbos Abbosov va boşqa şaxslarga oid jinoyat işi tafsilotlari oşkor qilindi. Bu haqda Ozarbayjon Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, xorijiy maxsus xizmat organlarining Ozarbayjon xavfsizligi, milliy manfaat va özligiga qarşi olib borgan buzğunçi faoliyatining oldini oliş maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan amalga oşirilgan kompleks tadbirlar natijasida Ramiz Anvar öğli Mehdiyev, Abbos Oydin öğli Abbosov, Ali Amirhusayn öğli Karimli va boşqalarning hokimiyatni zöravonlik bilan egallaş hamda davlatning konstitutsiyaviy tuzumini zörlik bilan özgartirişga qaratilgan harakatlar sodir etganiga asosli şubhalar yuzaga kelgan.
.jpg)
Jinoyat işi böyiça ayblanuvçilarga qöyilgan ayblovga köra, xorijiy davlatning maxsus xizmat organlari tomonidan Ozarbayjondagi siyosiy jarayonlarga aralaşiş maqsadida tuzilgan va 2012 yil 4 iyul kuni xorijda “Rossiya-Ozarbayjon taşkilotlari ittifoqi” nomi bilan röyxatdan ötkazilgan, “Milliarderlar ittifoqi” deb atalgan taşkilotning muassislari va rahbarlari bölgan Abbos Abbosov va Rustam Ibrohimboyev, şuningdek Ramiz Mehdiyev, Ali Karimli, Ozarbayjon Xalq fronti partiyasi azolari – Fuad Qahramonli, Ğanimat Zayidov va boşqalar davlat hokimiyatini zörlik bilan egallaş hamda amaldagi konstitutsiyaviy tuzumni zöravonlik bilan özgartiriş böyiça til biriktirgan.
Takidlanişiça, ular 2013 yilgi prezident saylovlarida xorijiy davlat fuqarosi Rustam Ibrohimboyev nomzodini ilgari surgan “Demokratik kuçlar milliy kengaşi”ni tuzgaç, xorijiy maxsus xizmatlarning moliyaviy va taşkiliy kömagida ommaviy tartibsizliklar uyuştiriş, hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga böysunmaslik, jamoat tartibi va muassasalar faoliyatini izdan çiqarişga qaratilgan harakatlar olib borgan. Bu maqsadlar uçun 933 828 manat (549 mln 310 ming dollar) miqdoridagi mablağ, jumladan, Ramiz Mehdiyev va Abbos Abbosovdan olingan moliyaviy vositalar sarflangani aytiladi.
Materiallarga ilova qilingan texnik dalillarga köra, “Milliarderlar ittifoqi” azolariga 2013 yilgi saylovlar paytida xorijda yaşayotgan va ularning tasiri ostidagi Ozarbayjon fuqarolarini mamlakatga yuboriş, ularning qarindoşlarini jalb etiş va miting hamda tartibsizliklarda foydalaniş böyiça topşiriqlar berilgan.
Şuningdek, “Milliy kengaş” 2013 yilda tegişli xorijiy davlat rahbariyatiga maxfiy maktub yöllab, faoliyatini qöllab-quvvatlaşni söragani va Ozarbayjonga bosim ötkazişni taklif qilgani qayd etilgan.
Ayblovga köra, Ğanimat Zayidov 2013 yil boşidan Ali Karimli nomidan xorijiy maxsus xizmat vakillari bilan yaşirin muzokaralar olib borgan, Karimlini hokimiyatga olib keliş uçun taşkiliy yordam söragan va evaziga xorijiy davlatning strategik manfaatlari taminlanişini vada qilgan.
Bundan taşqari, Ali Karimli 2020 yil iyul oyida Bakuda ötkazilgan yuriş çoğida tartibsizliklar uyuştiriş, parlament va televideniye binolarini egallaş hamda hokimiyatni egallaşni elon qiliş böyiça topşiriqlar bergani bildirilgan.