USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Qattiq qöl” siyosati: Taşiyev fenomeni nimalarga tasir ötkazdi

437 марта

“Qattiq qöl” siyosati: Taşiyev fenomeni nimalarga tasir

Kamçibek Taşiyev Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) raisi va Vazirlar kabineti raisi örinbosari lavozimidan olingani haqida xabar berilgan edi. Ortidan uning örinbosarlari ham lavozimlaridan mahrum böldi. MXDQ boşliği vazifasini bajaruvçi sifatida Jumgalbek Şabdanbekov tayinlandi. 

Xuddi şu kuni Prezident Sadir Japarov farmoni bilan Çegara xizmati MXDQ tarkibidan çiqarildi, şuningdek, yuqori lavozimli şaxslarni muhofaza qiluvçi 9-maxsus bölinma alohida organ sifatida taşkil etilib, töğridan töğri Prezidentga böysunadigan qilindi. Şu tariqa köplab asosiy funktsiyalar jamlangan davlat qömitasi vakolatlari keskin qisqardi. Kuç işlatar tuzilmalari manbalarining bildirişiça, bu faqat boşlanişi – MXDQni jiddiy islohotlar kutmoqda. Kelajakda maxsus xizmatlar asosan kontrrazvedka, razvedka, ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraş bilan şuğullanadi.

Qirğizistonlik siyosiy tahlilçi va ekspert Edil Baysalov bu jarayonni “malum bir siyosiy-tarixiy bosqiç kutilmagan tarzda yakunlanişi”, deya tariflagan.

MXDQ Taşiyev davrida
Qamçibek Taşiyev 2020 yil 16 oktyabr kuni MXDQga rahbarlik qila boşladi. Beş yil içida qömita mamlakatning asosiy kuç tuzilmasiga aylanişi bilan birga, öz tasirini sezilarli darajada kengaytirdi. 2020 yil noyabr oyida Davlat çegara xizmati MXDQ nazoratiga ötkazildi. Prezident mamuriyati buning sababini kontrabanda, jinoyatçilik guruhlarining kirib kelişi, giyohvand moddalar va qurolning noqonuniy importiga qarşi kuraşni kuçaytiriş bilan izohlagan edi. 2021 yil mart oyida Davlat iqtisodiy xavfsizlik xizmati tugatildi va uning funktsiyalari ham MXDQga topşirildi.

Taşiyev davrida yana bir taşabbus – soliq, bojxona va prokuratura tizimlarida maxsus unvonlarni isloh qiliş böyiça qonun loyihasi işlab çiqildi. Uşbu tizim xodimlariga poyabzal, forma yoki harbiy unvon olişni taqiqladi, bu huquq faqatgina muhofaza qiluvçi organlargagina berildi. Qiziq tomoni, bu masala 10 fevral kuni parlamentning tegişli qömitasi tomonidan Taşiyev murojaati asosida favqulodda körib çiqildi.

Şu bilan birga köplab davlat idoralarida içki xavfsizlik bölimlari kuçaytirildi, MXDQ sobiq xodimlari esa fuqarolik idoralarida rahbar lavozimlariga tayinlana boşlandi. Masalan, sobiq Jalolobod viloyati MXDQ boşqarmasi rahbari Qanibek Dösmambetov Soğliqni saqlaş vaziri böldi.
Taşiyevning aytişiça, 2020 yilga kelib qömita tanazzul holatiga tuşib qolgan, hududiy bölinmalardagi xodimlar esa yetarli şaroit yöqligi sabab eski kutubxonalar va madaniyat uylari binolarida tor va noqulay joylarda faoliyat yuritişga majbur bölgan. Xodimlarda demoralizatsiya (ruhiy tuşkunlik, loqaydlik) bölgan, korruptsiyalaşgan, hatto jinoiy guruhlarga malumot bergan xodimlar ham bölgan. Uning rahbarligida MXDQning tuman boşqarmalari uçun yangi binolar barpo etila boşlandi, maxsus xizmat xodimlari uçun uylar, boğçalar, oromgohlar qurildi.

Uyuşgan jinoiy guruhlarga qarşi kuraş
MXDQning asosiy yönalişlaridan biri uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş böldi. Taşiyev uyuşgan jinoiy guruhlar (UJG) hududlarda deyarli ikkinçi hukumat sifatida faoliyat yuritganini qayd etgan. Uşbu kuraşning qatiy boşlanişi 2023 yil 3 oktyabrda ötkazilgan maxsus operatsiya böldi. Operatsiya davomida jinoyat olamidagi avtoritet Qamçi Kolbayev yöq qilindi. Şundan söng mamlakat böylab ommaviy hibsga olişlar boşlandi. Taşiyev öz çiqişlarida bir neça bor bundan buyon Qirğizistonda UJGlar bölmasligini takidlagan. Uning “biz ularni foş qilamiz” va “hurmatli banditlar” degan iboralari esa ijtimoiy tarmoqlarda memlarga aylangan.
“Men şaxsan UJGlarga qarşi kuraşning boşidaman. Ortimda milliy xavfsizlik organlari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar, prokuratura, sud. Birgalikda UJGlarni yöq qilamiz”, degan Taşiyev.
Bu jarayon biznesni ham qamrab oldi. Bir qator yirik tadbirkorlar jinoiy guruhlarni moliyalaştirişda gumon qilinib, hibsga olindi. Örta biznes ham maxsus xizmatlar etiboridan qörqadigan bölib qoldi.  Şuningdek, Taşiyev öz navbatida joriy yil 1 yanvardan noqonuniy tekşiruvlar ötkazilişini töxtatişga vada ham qilgan edi.
Kusturizatsiya
Sadir Japarov korruptsiyaga qarşi keskin kuraş olib borişni vada qilgan. Dastlab hibslar, jiddiy jinoyat işlar, amaldorlarning hibsga olinişi boşlandi. Biroq köp ötmay köpçilik holatlarda haqiqiy jazolar qöllanilmagani malum böldi – köplab şaxslar davlatga zarar yoki mol-mulkni qaytariş evaziga jazoni yengillatiş imkoniyatiga ega böldi. Bu jarayon ommaviy axborot vositalarida “kusturizatsiya” deb atalgan.

Sadir Japarov hokimiyatga kelgaç, korruptsiyaga qarşi murosasiz kuraş olib borişga vada bergan edi. Darhaqiqat, qölga tuşiriş operatsiyalari, şov-şuvli jinoyat işlari va amaldorlarning hibsga olinişi boşlandi. Biroq köp ötmay malum böldiki, amaldorlar har doim ham haqiqatda qamoq jazosi bilan jazolanmagan. Köp hollarda ayblanuvçilarga yetkazgan zararini qoplaş, pul yoki mol-mulkni davlatga qaytariş evaziga jazoni yengillaştiriş taklif etilgan. Xalq orasida bu mexanizm “kusturizatsiya” deb atalgan.

Taşiyevning aytişiça, 5 yil içida davlatga 300 mlrd somdan ortiq (salkam 3,5 million AQŞ dollari) mol-mulk va aktivlar qaytarilgan, mingdan ortiq korxona va boşqa obektlar hamda 30 ming gektardan ortiq yer ham qaytarib olingan.
2024 yilda MHDQ taşabbusi bilan korruptsiyaga oid qonun qabul qilindi: jazo muddatini belgilaş, korruptsiyada ayblangan şaxslar va ularning yaqinlariga umrbod davlat xizmatida işlaş taqiqlandi.
MHDQ – har joyda, har işda
Rasmiy vakolatlar qonuniy jihatdan deyarli kengaytirilmagan bölsa-da, amalda MXDQ politsiya, mahalliy organlar va hatto sanitariya xizmatlariga oid funktsiyalarni amalga oşira boşladi va bu işlar köpinça Taşiyevning şaxsiy topşiriği bilan bajarilgan.
Fohişalikka qarşi kuraş
2023 yil noyabrida, MXDQning navbatdagi binosining oçiliş marosimidagi nutqida Taşiyev mamlakatdagi fohişalik masalasiga töxtalib ötgan:
“Agar biz bu haqda gapirmasak, kim gapiradi? Körinib turibdiki, biz kabi odamlar bunday mavzularni kötaradigan bölsak, xalq va jamiyat etibor beradi. Çunki sönggi paytlarda qizlarning, ayniqsa, talabalar xulqi juda buzilgan. Qişloqlardan Bişkekka öqişga kelişadi, ota-onalarining pulini olib kelişadi, öqişadi, söngra esa fohişalik bilan şuğullanadigan bölişadi”, deya xodimlarga şahar va maskanlardagi bordellar (noqonuniy jinsiy xizmatlar körsatiladigan maskan)ni yöq qilişni topşirgan. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: