Germaniya Markaziy Osiyoni sanktsiyalarga qatiy rioya qilişga çaqirdi
13-02-2026, 09:18
77 марта

Germaniya Markaziy Osiyoni sanktsiyalarga qatiy rioya qilişga çaqirdi
Germaniya Taşqi işlar vaziri Yohan Vadeful Markaziy Osiyo davlatlarini Rossiyaga qarşi Yevropa Ittifoqi joriy etgan sanktsiyalarga töliq rioya qilişga çaqirdi. Uning takidlaşiça, ayrim holatlarda mintaqa davlatlari Rossiyaga çeklovlarni çetlab ötiş imkonini bermoqda. Bu haqda u 11 fevral kuni Turkmaniston, Tojikiston, Qirğiziston, Özbekiston va Qozoğiston Taşqi işlar vazirlari bilan uçraşuv oldidan malum qilgan.Vadeful Yevropa Ittifoqi Rossiyaning “harbiy maşinasi”ni jilovlaş maqsadida keng kölamli sanktsiyalar joriy etganini eslatgan. U sanktsiyalarni çetlab ötişga urinişlar Moskva tomonidan olib borilayotgan uruşni bilvosita qöllab-quvvatlaşini va YeI xavfsizligiga tahdid solişini bildirgan.
“Bugun men aniq aytmoqçiman: sanktsiyalarni çetlab ötiş Rossiya Federatsiyasining bosqinçilik uruşini qöllab-quvvatlaydi”, degan u.
Germaniya tomoni Markaziy Osiyo davlatlarini bu masalada Yevropa Ittifoqi bilan bir safda turişga çaqirgan.
11 fevral kuni Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Berlinda Vadeful bilan muzokara ötkazgan. Unda strategik hamkorlikni kengaytiriş, savdo, energetika va mintaqaviy barqarorlik masalalari muhokama qilingan. Tomonlar iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş va bölajak sammitlar orqali hamkorlikni çuqurlaştirişga kelişib olgan.