Qozoğistonning neft va oltini qança yilga yetişi aytildi
13-02-2026, 21:24
76 марта

Qozoğistonning neft va oltini qança yilga yetişi aytildi
Qozoğistonda neft hozirgi qazib oliş suratini hisobga olganda, 50 yilga yetadi. Bu haqda bugun, 13 fevral kuni Qozoğiston Geologiya qömitasi raisi vazifasini bajaruvçi Qanat Yerubayev Sotsial-iqtisodiy kommunikatsiya markazida ötgan brifingda malum qildi.Yerubayevning aytişiça, Qozoğiston hududida 4 milliard tonnadan ortiq neft mavjud. Hozirgi qazib oliş suratini hisobga olganda, bu resurs taxminan 50 yilga yetadi. Oltin esa çegaralangan muddatli strategik metall hisoblanadi va davlat hisobida taxminan 2,3 ming tonna qayd etilgan. Hozirgi qazib oliş surati bilan bu zaxiralar taxminan 37 yilga yetadi.
Kanat Yerubayevning sözlariga köra, zaxiralarni örganiş doimiy olib boriladi, zaxiralar yangilanadi, davlat tomonidan yerosti boyliklari tadqiq qilinadi. Bu esa mamlakatning umumiy potentsialini oşiradigan yangi manbalarni topişga imkon beradi. Resurslar tugaşining aniq sanasini aytib bölmaydi, çunki qazib oliş va zaxiralarni yangilaş jarayoni uzluksiz davom etadi.
Brifingda gaz va uran böyiça aniq raqamlar keltirilmagan bölsa-da, Yerubayev mamlakatni rivojlantiriş dasturi doimiy yerosti tadqiqotlarini va yangi manbalarni izlaşni nazarda tutişini takidlagan. Bu esa mamlakatning resurs potentsialini çeksiz muddatga uzaytirişga imkon beradi.
Qanat Yerubayevning bildirişiça, Geologiya qömitasi boşqa davlat organlari bilan birgalikda iqtisodiyotni yangi energiya manbalariga va mavjud resurslarni qayta işlaşga ötkaziş böyiça strategik dasturlar işlab çiqmoqda.
Qolaversa, neft, gaz va oltin zaxiralari kamayişi mumkin bölsa ham, Qozoğiston yangi konlarni topiş va resurslardan samarali foydalaniş texnologiyalarini joriy etiş orqali qazib oliş va iqtisodiy rivojlanişni davom ettira oladi.