Londondagi markaziy köça Ramazon munosabati bilan bezatildi
15-02-2026, 12:48
124 марта

Londondagi markaziy köça Ramazon munosabati bilan bezatildi
Angliyaning London şahridagi maşhur Koventri köçasi muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan törtinçi bor maxsus yoritiş bezaklari bilan bezatildi. Bu haqda London meri Sodiq Xon özining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida malum qildi.London markazidagi Pikadilli tsirkidan Lester maydonigaça çözilgan Koventri köçasi yana bir bor Ramazon bayrami munosabati bilan yoritilgan. Loyiha “Aziz” jamğarmasi tomonidan London munitsipaliteti bilan hamkorlikda amalga oşirilgan. Bu yil köça geometrik yoruğlik naqşlari bilan bezatilgan, piyodalar boşi uzra esa “Happy Ramadan!” (“Ramazon muborak!”) yozuvi tuşirilgan installyatsiya porlab turibdi.


Sodiq Xonning aytişiça, Ramazon turli etiqod vakillarini özaro tuşuniş va birdamlik qadriyatlari atrofida birlaştiradi. Bayramona çiroqlar 19 martga qadar davom etadi. Bezaş uçun qariyb 31 mingta LED çiroqdan foydalanilgan bölib, ular har kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:00 dan 01:00 gaça yoqib qöyiladi.


Mazkur köçada Ramazon şarafiga ilk bor 2023 yilda çiroqlar örnatilgan bölib, şundan buyon bu ananaga aylangan.