Global isiş tufayli Yerda “dözox iqlimi” yuzaga kelişi mumkin
15-02-2026, 13:00
90 марта

Global isiş tufayli Yerda “dözox iqlimi” yuzaga kelişi mumkin
Yer yuzida sönggi 125 ming yil içidagi eng yuqori harorat qayd etildi. Bu haqda olim Kristofer Vulf “The Guardian” naşriga bergan intervyusida malum qildi.Uning aytişiça, iqlim özgarişi köplab olimlar prognoz qilganidan ham tezroq keçmoqda. Global isiş esa Yerda “dözox iqlimi”ga olib kelişi mumkin.
Buyuk Britaniyadagi Ekseter universiteti professori Tim Lenton haroratning hatto bir neça darajaga kötarilişi ham insoniyat uçun jiddiy xavf tuğdirişini malum qilgan.'
“Erda töliq issiqxona effektiga ötişimiz şart emas — global isiş sayyorani 3°C ga qizdirsa ham, insoniyat va jamiyatlarimiz uçun jiddiy xavflar yuzaga keladi”, deydi Lenton.Olimlar prognoziga köra, haroratning 3–°C ga oşişi iqtisodiyot va jamiyatning hozirgi şaklda faoliyat yuritişini izdan çiqaradi. Şu bilan birga, maqolada “issiqxona Yer” iqlimi haroratning bir neça darajaga kötarilişidan ham “ança oğirroq” bölişi takidlangan.