USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Markaziy Osiyo toğlaridagi muzliklarning 96 foizi erib ketişi mumkin

319 марта

Markaziy Osiyo toğlaridagi muzliklarning 96 foizi erib ketişi mumkin

Xalqaro iqlimşunoslar olimlar prognozlariga köra, XXI asr örtalarida sayyoramizda muzliklarning yoppasiga yöqoliş davri boşlanişi mumkin. Agar global isiş davom etsa, yiliga 2-4 mingtagaça muzlik yöq bölib ketiş xavfi ostida, deb xabar berdi Şveytsariya oliy texnika maktabi (ETH) matbuot xizmati.
Olimlar bugungi kunda mavjud 200 mingga yaqin muzlikning taqdirini turli iqlim stsenariylarida tahlil qilişdi. Tadqiqot optimistik (haroratning tez barqarorlaşuvi sababli) hamda 2100 yilga borib haroratning tört darajaga kötarilişi bilan boğliq pessimistik variantlarni qamrab oldi. Har ikki holda ham muz qoplamlarining maydoni töxtovsiz qisqarib boradi, biroq jarayonlarning miqyosi va tezligi keskin farq qiladi.


Kiçik balandlikdagi toğlarda yoki past kengliklarda joylaşgan muzliklar — eng zaif nuqtalar. Bular Alp va Kavkaz toğlari, Şimoliy Amerikaning Qoyali toğlari, And va Afrika toğlarining ayrim hududlaridagi muzliklar. «Bu yerlardagi muzliklarning yarmidan köpi yaqin ön-yigirma yil içida yöq bölib ketadi», — dedi ETH ilmiy xodimi Lander fon Trixt.
Tadqiqotçilar «muzliklarning yöq bölib ketiş çöqqisi» tuşunçasini işlab çiqişdi — bu muzliklarning yöq bölib ketiş tezligi eng yuqori darajaga yetgan davr. Eng «yaxşi stsenariy»da (1,5 darajagaça isiş) bu çöqqi 2041 yilga töğri keladi va Yerda har yili 2 mingga yaqin muzlik yöq bölib ketadi va asr davomida hozirgi 200 mingta muzlikdan 100 ga yaqini saqlanib qoladi. Eng «yomon stsenariy»da (4 darajagaça isiş) çöqqi 2055 yilga siljiydi va yillik yöqotişlar 4 mingtagaça oşib, atigi 18 mingta muzlik qoladi.

Sönggi stsenariyda oqibatlar juda köp mintaqalar uçun halokatli. Markaziy Yevropada 3 600 ta alp muzligining atigi 20 tasi saqlanib qoladi. AQŞning Qoya toğlari muzliklarining 99 foizidan judo böladi. Markaziy Osiyo toğ tizimlari — 96 foiz, And toğlari — 94 foiz muzliklarini yöqotadi. Bu mahalliy ekotizimlarga jiddiy tasir qiladi, xususan, içimlik suvi öta dolzarb muammoga aylanadi.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: