USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yerda yana muzlik davri boşlanişi mumkin – tadqiqot

126 марта

Yerda yana muzlik davri boşlanişi mumkin – tadqiqot

Yer haroratining oşişi paradoksal tarzda sayyorada keskin sovuqqa – yangi muzlik davriga olib kelişi mumkin. Bu haqdagi xulosaga Germaniyaning Bremen şahridagi MARUM dengiz atrof-muhit fanlari markazi olimlari keldi. 

Ularga köra, Yerning iqlimiy muvozanati faqat minglab yillar davomida karbonatni uşlab turuvçi va haroratni barqarorlaştiruvçi silikat jinslarning sekin yemirilişi bilan belgilanmaydi.



Yangi tadqiqotlar şuni körsatmoqdaki, ayniqsa suv ötlari, fosfor va kislorod bilan boğliq biologik va okean tsikllari sayyora haroratiga yanada kuçli tasir körsatişi mumkin. 
Yer tarixining katta qismida olimlar silikat jinslarning asta-sekin yemirilişini sayyoraning asosiy tabiiy termostati deb hisoblab kelgan. Bu jarayonda yomğir suvi havodagi karbonat angidridni yutadi, oçiq toğ jinslariga tuşadi va ularni asta-sekin eritadi. 
Ajralib çiqadigan uglerod va kaltsiy okeanga borib tuşadi va u yerda marjon riflari va çiğanoqlarni hosil qilişga xizmat qiladi. Bu materiallar yuz millionlab yillarga karbonatni okean tubida saqlab qoladi. Ammo tarixda şunday davrlar bölgan, Yer butunlay muzlab, qutbdan qutbgaça muz qatlami bilan qoplangan. Olimlar buni faqat toğ jinslarining yemirilişi bilan tuşuntirib bölmasligi va bunday keskin sovişlarda boşqa omillar ham rol öynaganini aytmoqda. Eng muhim sabab okean uglerodni qanday saqlaşidadir. Atmosferada SO₂ köpayib, Yer qizib borişi bilan okeanlarga köproq oziq moddalar – masalan, fosfor yuvilib tuşadi. Bu oziq moddalar suv ötlarining köpayişiga sabab böladi, ular fotosintez orqali karbonatni yutadi. Ölgan suv ötlari esa okean tubiga çökadi va uglerodni özi bilan olib ketadi. Ammo issiq iqlimda suv ötlarining haddan taşqari köpayişi suvda kislorod darajasining pasayişiga olib keladi. Kislorod yetişmasa, fosfor köproq qayta aylanişga tuşadi va çökmalarda saqlanmaydi.
Şu bilan birga, katta miqdordagi uglerod okean tubida uşlanadi va oxir-oqibat sayyorani sovutadi. Olimlar – Hyulse va Endi Ridjvell şu murakkab jarayonlarni hisobga olgan holda, Yerning ilğor iqlim modeli ustida yillar davomida işlagan. Tadqiqot natijalari şuni körsatadiki, atmosferada kislorod darajasi past bölgan qadimgi Yer tarixida bu oziq moddalar bilan boğliq “teskari tsikllar” kuçliroq bölgan va aynan ular keskin muzlik davrlarini keltirib çiqargan. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: