Olimlar Afrikada Yerning “yurak urişini” aniqladi
25-06-2025, 22:37
737 марта

Olimlar Afrikada Yerning “yurak urişini” aniqladi
Buyuk Britaniyaning Sautgempton universiteti olimlari Efiopiyaning Afar mintaqasi ostida Yer qaridan ritmik tarzda kötarilayotgan erigan mantiya oqimlarini aniqladi. Yurak urişiga öxşagan bu silkinişlar Afrikani asta-sekin yorib, yangi okean şakllanişiga olib kelmoqda. Bu haqdagi tadqiqot “Nature Geoscience” jurnalida elon qilindi.Gap sayyoradagi yagona öziga xos hudud haqida bormoqda: bu yerda uçta tektonik yoriq – Efiopiya rift zonasi, Qizil dengiz rifti va Aden körfazi rifti bir nuqtada kesişadi. Olimlar aynan şu yerda kuçli, asimmetrik, yuqoriga yönalgan issiq mantiya oqimi, yani “plyum” joylaşganini aniqladi. Bu oqim nafaqat mavjud, balki öziga xos kimyoviy tarkibli silkinişlarni ham namoyon qilmoqda.
“Biz Afar mintaqasi ostidagi mantiya bir xil emasligi va harakatsiz emasligini aniqladik. U ritmik tebranadi va bu tebranişlar özida noyob kimyoviy izlarni saqlagan erigan jinslarni taşiydi. Ular ştrix-kodlar kabi riftning turli nuqtalarida takrorlanadi va ularning tarkibi Yer pöstining qalinligi hamda plitalar ajraliş tezligiga boğliq”, dedi tadqiqot rahbari doktor Emma Uotts.Hududda töplangan 130 dan ortiq vulqon jinslari namunalari, seysmologiya malumotlari va kompyuter modellaştiriş natijalari şuni körsatdiki, tektonik plitalar qança tez ajralsa (masalan, Qizil dengiz atrofida), tebranişlar şunça muntazam va samaraliroq ötadi – göyo tor arteriyadan oqayotgandek.
Sautgempton universiteti professori Tom Gernonning aytişiça, mantiyaning bu faolligi nima uçun vulqonlar va zilzilalar aynan ayrim zonalarda köproq röy berişini tuşuntirişga yordam beradi.
“Er qaridan kötarilayotgan mantiyaning issiq oqimlari şunçaki yuqoriga çiqmaydi, ular tektonik plitalar harakatiga javob beradi, Yer pösti yupqaroq joylarda vulqon faolligini jamlaydi va kelajakdagi okeanlarning şakllanişiga zamin yaratadi”, deydi u.Olimlarning fikriça, millionlab yillar ötib, hozirgi yoriq tölaqonli yangi okeanga – Atlantika, Hind va Janubiy okeanlardan keyingi törtinçi okeanga aylanadi.