USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyada yotoqxona eşigini yopmasdan namoz öqigan özbekistonlik migrant deportatsiya qilinadi

319 марта
Rossiyada yotoqxona eşigini yopmasdan namoz öqigan özbekistonlik migrant deportatsiya qilinadi

Rossiyada yotoqxonada namoz öqigan Özbekiston fuqarosi jarimaga tortildi va mamlakatdan çiqarib yuboriladi. 

Malumotlarga köra, erkak vaxta usulida işlagan va işlab çiqariş bazalari hududidagi yotoqxonada yaşagan. U yerda har kuni beş mahal namoz öqigan.

“Uning namoz öqişi ommaviy xarakterga ega edi, çunki xona eşigi yopilmasdi, yotoqxonada yaşovçilar va uçinçi şaxslar xonaga erkin kirişi mumkin edi. Şuningdek, u yotoqxonada yaşovçilarga öz etiqodi, diniy qaraşlari haqida sözlab bergan va öziga tegişli diniy adabiyotlarni saqlagan, ularni erkin foydalaniş mumkin bölgan”, deyiladi xabarda.

Sud erkakni Rossiya Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 5.26-moddasi 5-qismi (xorijiy fuqaro tomonidan vijdon erkinligi, diniy etiqod erkinligi va diniy birlaşmalar töğrisidagi qonunçilik talablarini buzgan holda missionerlik faoliyatini amalga oşiriş) böyiça aybdor deb topdi va 30 ming rubl (390 dollar) miqdorida jarimaga tortdi.

Bundan taşqari, sud uni Rossiyadan majburiy ravişda çiqarib yuboriş haqida qaror çiqardi. Sud qöşimça jazo sifatida deportatsiyani erkakning Rossiyada ijtimoiy aloqalari, köçmas mulki va qarindoşlari yöqligi bilan asoslagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: