Yangibozorda hijobda kelgan 4 ta qizni darsga qöyişmadi degan xabar tarqaldi
2-09-2025, 14:09
2 544 марта
Yangibozorda hijobda kelgan 4 ta qizni darsga qöyişmadi degan xabar tarqaldi.Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 4-sonli maktabda hijob örab kelgan tört nafar qizni darsga kiritmay, alohida xonada ötqazib qöyilgani aks etgan. Bu holat jamoatçilikda katta bahslarga sabab böldi.
Köpçilikning savoli şunday: agar bu voqea rost bölsa, din erkinligi degan qonun qayerga ketdi? Maktablarda yangi qoidalar paydo böldimi?
Qonun va erkinlik haqida
Özbekiston Konstitutsiyasi har bir fuqaroga vijdon va din erkinligini kafolatlaydi. 1998 yilda qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi qonun ham fuqarolarning diniy etiqodiga erkin amal qiliş huquqini taminlaydi. Qonunga köra, heç kim dindorligi yoki diniy qaraşlari uçun taqib qilinişi mumkin emas.
Prezidentning fikrlari
Prezident Şavkat Mirziyoyev bir neça çiqişlarida din erkinligi masalasiga alohida etibor qaratgan.
«Har bir inson öz etiqodi va vijdoniga köra yaşaş huquqiga ega. Bu — Konstitutsiya bilan kafolatlangan», — degan edi davlat rahbari. Şuningdek, «Yangi Özbekistonda din va etiqod erkinligiga hurmat qiliş davlat siyosati darajasiga kötarilgan», deb takidlagan.
Xalqaro munosabatlar
BMT va xalqaro taşkilotlar ham Özbekistonda diniy erkinlik sohasidagi islohotlarni ijobiy baholab kelmoqda. Biroq ular amaliyotda bazi tortişuvli holatlar va çeklovlar hali ham kuzatilayotganini qayd etgan.
Xulosa
Agar videodagi holat haqiqatga töğri kelsa, bu Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan erkinlikka zid hisoblanadi. Şu bois jamoatçilikda savol tuğilmoqda: nima uçun mahalliy maktabda şunday holat yuz berdi?
XorazmBugun tahririyati bu holat yuzasidan mutasaddi idoralardan rasmiy izoh kutib qoladi.