Frantsiya suv ostida: 35 kunlik yomğir avjiga çiqmoqda
20-02-2026, 11:26
92 марта

Frantsiya suv ostida: 35 kunlik yomğir avjiga çiqmoqda
Frantsiya janubi-ğarbida suv toşqini xavfi eng yuqori – “qizil” darajada qolmoqda. “Pedro” böroni allaqaçon suvga töygan yerga yana kuçli yomğir olib keldi. Mamlakatda 35 kun davomida uzluksiz yomğir yoğmoqda. Bu 1959 yildan beri kuzatilmagan rekord hisoblanadi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.Qayd etilişiça, Meteo-Franse Jirond, Lo-e-Garon, Men-e-Luar va Şarant-Maritim departamentlarida eng yuqori ogohlantirişni saqlab qolgan. Atlantika böylab yana 20 ga yaqin hududda şamol va suv toşqini xavfi bor.
Sönggi haftalarda 1 700 ga yaqin kişi evakuatsiya qilingan. Ekologiya vaziri Monnik Barbu malum qilişiça, yomon ob-havo bilan boğliq kamida uç nafar inson halok bölgan. Tuproq namligi esa kuzatuvlar boşlanganidan beri eng yuqori darajaga yetgan, yer yangi yomğirni singdira olmayapti.
Bordo şahrida Garonna daryosi sathi pasaymayapti. Mer Per Yumrik favqulodda rejani işga tuşirgan: daryo böyidagi bozorlar töxtatilan, ayrim maktablar yopilgan, boşpanasizlar uçun panohgohlar oçilgan. Men daryosi 2000 yilgi rekorddan oşib ketişi mumkin. Ayrim yöllar ataylab suv ostida qoldirilib, bosim boşqa hududlarga tuşmasligi taminlanmoqda.
Sent şaharçasida 2 000 dan ortiq uy suv ostida qolgan, yarmi jiddiy zarar körgan. Ğarbiy hududlarda temiryöl qatnovi izdan çiqqan, minglab xonadonlar elektr va içimlik suvisiz qolgan.
Sinoptiklar sohil böyida şamol tezligi 140 km/soatgaça yetişi, ayrim joylarda 50 millimetrgaça yomğir yoğişini prognoz qilmoqda. Frantsiya janubi-ğarbi uçun sinovli kunlar hali tugagani yöq.