Qozoğistonda birinçi qor yoğdi
29-09-2025, 10:46
337 марта

Qozoğistonda birinçi qor yoğdi
Qozoğistonning Qostanay viloyatida ilk bor qor yoğdi. Bu haqda “Todayinfo.kz” xabar berdi.Malum qilinişiça, viloyatda sezilarli darajada qor yoqqan. Aholi öz ijtimoiy tarmoqlarida birinçi qor suratlarini joylaştirgan.
Ob-havo mutaxassislari tunlari havo harorati 1, 6 darajagaça sovib, kunduzlari 3,8 darajagaça isişini, yoğingarçilik kuzatilişini va yomğir yana qorga aylaniş ehtimoli borligini malum qilgan.
Mutaxassislarning aytişiça, mamlakat hududining katta qismi şimoliy tsiklon tasirida qolmoqda. Natijada yomğir yoğişi, janubi-şarqda momaqaldiroq bölişi, şimolda esa kuçli yomğir yoğib, havo harorati pasayişi kutilmoqda. Faqat janub va şarq hududlarida yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi tahmin qilingan. Respublika böylab şamol kuçayişi, tun va tongda tuman tuşişi mumkinligi aytilmoqda.
Qostanay politsiya boşqarmasi Instagram sahifasida yöl harakati qatnaşçilariga murojaat qilgan. Haydovçilarga yomğir va qordan keyin yöllar sirpançiq bölişi eslatilgan.