USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Zambiyaning sobiq prezidenti 8 oydan beri dafn qilinmadi

467 марта

Zambiyaning sobiq prezidenti 8 oydan beri dafn qilinmadi

Zambiyaning sobiq prezidenti Edgar Lunguning jasadi ölganiga sakkiz oy bölsa ham, haligaça Janubiy Afrikadagi murdalar saqlanadigan joyda turibdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Gap şundaki, Lunguning oilasi bilan amaldagi Prezident Xakainde Xiçilema örtasida katta tortişuv çiqqan. Zambiya poytaxti Lusakada davlat dafni uçun qabr ham qazilgan, lekin u haligaça böş turibdi.
Lungu 2025 yilning 5 iyunida 68 yoşida, qizilönggaç operatsiyasidan keyingi asoratlar sabab vafot etgan. U ölimidan oldin oilasiga Xiçilemani jasadiga yaqinlaştirmaslikni aytgan. Oila oddiy, xususiy dafn marosimi ötkazmoqçi. Hukumat esa davlat darajasidagi marosim bölişini talab qilmoqda.
Iş sudgaça borgan. Avgust oyida Janubiy Afrika sudi Zambiya hukumati jasadni vatanga olib ketişi mumkin, degan qaror çiqargan. Lunguning singlisi Berta sudda yiğlab, Xiçilemani jasadni “marosimlar uçun işlatmoqçi” deb ayblagan. Prezident esa bu gaplarni rad etgan va özining xristian diniga işonişini, sehr-joduga işonmasligini aytgan.

Ikki siyosatçi örtasidagi ziddiyat yangi emas. Lungu 2015 va 2016 yilgi saylovlarda Xiçilemani yutgan. Keyin raqibi davlatga xiyonat aybi bilan qamalib, tört oy hibsda ötirgan. 2021 yilda esa Xiçilema saylovda ğalaba qozongan. Şundan keyin Lungu pensiya pulidan mahrum qilingan va uning oila azolariga nisbatan jinoiy işlar oçilgan.
Xabarda aytilişiça, Zambiyada bu holat faqat siyosiy emas, balki ruhiy-etiqodiy masala sifatida ham qabul qilinmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: