Vaşington politsiyasi AQŞda Aliyevga qarşi bölgan namoyiş haqida izoh berdi
21-02-2026, 14:46
58 марта

Vaşington politsiyasi AQŞda Aliyevga qarşi bölgan namoyiş haqida izoh berdi
Avvalroq, AQŞning Vaşington şahrida “Tingçlik kengaşi”ning birinçi yiğilişiga borgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning mehmonxonasi qarşisida namoyiş ötkazilgani haqida xabar berilgan edi. Keça, 20 fevral kuni AQŞning Metropolitan politsiya bölimi (MPB) mazkur holat yuzasidan TASSga izoh berdi.Politsiya bölimi vakili Maxeta Uotson MPB uşbu hodisadan xabardorligini va namoyiş vaqtida voqea joyida AQŞ Maxfiy xizmati xodimlari ham bölganini tasdiqlagan. Şuningdek, hozirça voqeaga aloqador heç kim qölga olinmaganini ham aytgan.
Bundan taşqari, Uotson uşbu masala AQŞ Maxfiy xizmati tomonidan Davlat departamentiga yönaltirilganini qöşimça qilgan.
Ozarbayjonning AQŞdagi elçixonasi Prezident Aliyev tunagan “Waldorf Astoria” mehmonxonasi qarşisida bir guruh namoyişçilar provokatsion harakat qilganini bildirgan. Prezidentga tegişli kortej mehmonxona tomon yaqinlaşganda, namoyişçilar taqiqlangan hududga kirib, maşinaga hujum qilişga uringan. Oqibatda Prezidentning Qöriqlaş xizmati tezlik bilan vaziyatni bartaraf qilişga majbur bölgan. AQŞ Maxfiy xizmati ham mehmonxona hududi rasmiy xavfsizlik zonasiga kirişini tasdiqlagan.
“The Waşington Post” naşriga köra, hodisa oqibatida kamida 5 kişi jarohat olgan.