AQŞ narkosavdogarlar kemasini yöq qildi. Qurbonlar bor
21-02-2026, 17:28
182 марта

AQŞ narkosavdogarlar kemasini yöq qildi. Qurbonlar bor
Keça, 20 fevral kuni Qöşma Ştatlar Tinç okeanida narkotik savdosi bilan şuğullangani taxmin qilingan kemani nişonga oldi. Bu haqda Janubiy qömondonlik matbuot xizmati xabar berdi.Bayonotda aytilişiça, razvedka malumotlari kema Tinç okeanining şarqiy qismidagi malum narkotik kontrabanda yönalişlari böylab harakatlangani va narkotrafik uçun foydalanilganini tasdiqlagan.
Zarba oqibatida uç kişi halok bölgan. Şu bilan birga, amerikalik harbiy xizmatçilar jarohat olmagan.
Bundan avvalroq ham AQŞ harbiylari Tinç okeani va Karib dengizidagi uçta kemani nişonga olgan edi. 16 fevral kuni ötkazilgan operatsiya oqibatida 11 kişi halok bölgan. Qömondonlik malumotiga köra, uşbu qayiqlar narkotik taşişga aloqador bölgan.
Aniqlaştirilişiça, halok bölgan 11 nafar erkak narkotik savdogari bölgan: ulardan tört nafari Tinç okeanining şarqiy qismidagi birinçi kemada, yana tört nafari ikkinçi kemada, uç nafari esa Karib havzasidagi uçinçi kemada öldirilgan.