Isroil bu safar töydagilarni nişonga oldi. 6 kişi halok böldi
20-12-2025, 17:46
406 марта

Isroil bu safar töydagilarni nişonga oldi. 6 kişi halok böldi
Isroil askarlari Ğazo şahri şarqidagi Et-Tuffah mahallasidagi boşpanani töy paytida artilleriya öqlari bilan nişonga oldi va olti falastinlikni öldirdi. Bu haqda NTV xabar berdi.Mamlakat Soğliqni saqlaş rasmiylarining aytişiça, olti nafar falastinlik halok bölgan, jumladan, ularning bir nafari ayol kişi. Şuningdek, beş kişi yaralangan, ulardan uç nafari oğir ahvolda. Yaralanganlar Ğazo şahri markazidagi Baptist şifoxonasiga olib borilgan.
Isroil armiyasi hujumda tinç aholini nişonga olganini tan olgan. Armiya bayonotida 6 nafar falastinlik halok bölgan hujum böyiça tergov boşlagani qayd etilgan. Şuningdek, bayonotda tinç aholiga yetkazilgan zarar uçun afsus bildirilgan va hujumni amalga oşirgan bölinmalar “Sariq çiziq”ning ğarbiy tomonidagi bazi tuzilmalarda bir neçta “gumondorlar”ni aniqlagani davo qilingan. Hujumda tinç aholi nişonga olingani tan olingan holda, Isroil armiyasi hodisaga aloqador bölmagan şaxslarga yetkazilgan zarar uçun afsusda ekanligini bildirgan.
Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligining malumotlariga köra, AQŞ Prezidenti Donald Tramp 2025 yil 9 oktyabr kuni Isroil va HAMAS örtasidagi sulh rejasining birinçi bosqiçini maqullaganidan keyin, 11 oktyabrdan beri Isroil hujumlarida 395 dan ortiq falastinlik halok bölgan va 1088 kişi yaralangan.