Mehribon ona yoki sovuq hisob-kitob? Kitob ortidagi qonli sir foş böldi
22-02-2026, 16:33
600 марта

Mehribon ona yoki sovuq hisob-kitob? Kitob ortidagi qonli sir foş böldi
Yuta ştatida uç farzandli ona Kori Riçins eri vafotidan bir yil ötib, bolalarga ota yöqotiş dardini yengişga yordam beradigan kitob yozdi. “Are You With Me? – Sen men bilanmisan?” nomli kitob mahalliy telekanallarda tarğib qilindi, muallif esa mehribon ona sifatida etirof etildi. Taasufki, oradan bir neça hafta ötib, u erini öldirganlikda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda APP xabar berdi.Qayd etilişiça, 35 yoşli Riçinsga nisbatan oğirlaştirilgan qotillik, suiqasdga uriniş, qalbaki hujjat tayyorlaş, ipoteka va suğurta firibgarligi kabi önlab ayblovlar qöyilgan. U barça ayblarni rad etmoqda. Sud jarayoni tez orada boşlanadi va bir oy davom etişi kutilmoqda.
Prokurorlar versiyasiga köra, Riçins 2022 yil mart oyida eri Erik Riçinsga fentanil aralaştirilgan kokteyl içirib, uni zaharlagan. Tergov materiallari qayd etişiça, uning qonidan ölimga olib keladigan meyordan beş baravar yuqori doza aniqlangan. Ayblovçilar moliyaviy qiyinçiliklar va boşqa erkak bilan munosabat uning ehtimoliy motivi bölganini takidlamoqda.
Hujjatlarda yana bir davo bor: Valentin kunida ham u erini zaharlaşga uringan bölişi mumkin. Eri öşa kuni sendviçdan bir tişlab, huşidan ketganini va xotinim uni zaharlaşga uringanini döstlariga aytgan.
Işda asosiy guvoh sifatida uy xizmatçisi Karmen Lauber körsatilmoqda. U Riçinsga fentanil tabletkalari berganini aytgan, ammo himoya tomoni uning körsatmalariga şubha bildirmoqda.
Moliyaviy masala ham markazda: tergovga köra, Riçins eri nomiga qariyb 2 million dollarlik hayot suğurtasi rasmiylaştirgan, katta qarzlarga botgan va ipoteka hujjatlarini qalbakilaştirgan.
Bir paytlar “dardni yengiş” haqida kitob yozgan ayol endi özi oğir ayblovlar markazida. Sud hayati uning keyingi taqdirini tez orada elon qilişi kutilmoqda.