AQŞda Epşteynning taşlandiq samolyoti topildi
24-02-2026, 09:00
350 марта

AQŞda Epşteynning taşlandiq samolyoti topildi
AQŞning Jorjiya ştatida voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilişda ayblangan amerikalik marhum moliyaçi Jeffri Epşteynning 10 yildan buyon taşlandiq holda turgan xususiy samolyoti topildi. Bu haqda “New York Post” naşri xabar berdi.Naşrning yozişiça, Epşteynning 133 fut (40,5 metr) uzunlikdagi maşhur Boeing 727 “Lolita Express” samolyotida sodir etilgan jinoyatlariga oid izlar hali ham saqlanib qolgan. Bu samolyotni Epşteyn özining yoş qurbonlarini jinsiy qullik uçun dunyo böylab taşiş maqsadida işlatgan.
Fotosuratlarda samolyotning taşqi qismi çiriyotgani, bölaklarga ajralgani, içki qismida esa haşarotlar va moğor bosgani aks etgan. Uşbu haşamatli samolyotda yotoqxonalar, uçta alohida dam oliş hududi, oşxona va ikkita hojatxona hali ham mavjud.
Şuningdek, samolyot içida suniy yöldoş telefoni, yotoq, bolalar uçun losyon va kukun, kir soçiqlar, Epşteynning samolyoti raqami bilan monogramma tuşirilgan salfetkalar topilgan.
Samolyotning yotoqxonasi Epşteyn va uning jinoiy şeriklariga uçiş vaqtida jinsiy harakatlar uçun moslangan. Samolyot yana boşqa yotoqxonalar, dam oliş xonalari, qizil matolar bilan qoplangan divan va kreslolar bilan jihozlangan. Oşxona va boşqa xonalar esa haşamatli, ammo qoronğu va taşlandiq holatda topilgan
Samolyotning uçta dvigateli 2016 yilda olib taşlangani oqibatida u endi uça olmaydi. Samolyot hujjatlarda Epşteyn va uning şerigi Gisleyn Maksvell bilan boğliq JEGE Inc. kompaniyasi tomonidan 2001 yilda sotib olingani körsatilgan. Epşteyn uni 2018 yil oxirida Florida ştatidagi World Aviation Services LLC kompaniyasiga sotgan, 2024 yilda esa Jet Assets Incorporated kompaniyasi tomonidan xarid qilingan.