Qozoğiston mart oyida raketa uçiradi
24-02-2026, 22:33
178 марта

Qozoğiston mart oyida raketa uçiradi
Joriy yilning mart oyida Qozoğiston va Rossiya hamkorlikda “Bayterek” loyihasi doirasida fazoga kosmik raketa uçiradi. Bu haqda loyiha boşqaruvçisi, kosmonavt Oydin Aimbetov “Sputnik” naşriga bergan intervyusida malum qildi.Loyihaga köra, Rossiya raketa taşuvçisini işlab çiqaradi, Qozoğiston esa uning uçiriş maydonçasini tayyorlaydi. Birinçi sinov parvozi 2026 yil mart oyiga rejalaştirilgan.
“Qozoğiston va Rossiya 2028 yilga qadar “Soyuz 5/Sunkar” raketasini yiliga bir marta uçiradi, şundan söng loyiha tijorat bosqiçiga ötadi. Keyingi parvozlar soni buyurtmalarga boğliq böladi, hozirda uşbu xizmat bozorga talabga ega”, deydi Oydin Aimbetov.Kosmonavtning aytişiça, “Bayterek” loyihasi yakuniy bosqiçga yetgan. “Soyuz 5/Sunkar” taşuvçi raketa allaqaçon “Boyqönğir” kosmodromida bölib, hozirda avtonom sinovlar ötkazilmoqda.
“Uçiş dastlab 2025 yilning dekabr oxiriga belgilangan edi, ammo biz şoşilmay, yana ölçovlar va avtonom sinovlarni ötkazişga qaror qildik. Eng muhimi – uçişni amalga oşiriş. Menimça, “Sunkar” parvozi birinçi çorak oxirida amalga oşadi”, degan Aimbetov.Kosmonavt, şuningdek, loyiha Qozoğistonga nimalar berişini takidlagan.
“Qozoğiston kosmik davlat sifatida töliq tsiklga kiradi – kosmik apparatlar yaratişdan tortib, ularni uçiriş xizmatlarini körsatişga qadar. “Boyqönğir” kosmodromida “Bayterek” uçiriş xizmatlarini taqdim etadi va Qozoğiston kosmik apparatlarni mustaqil ravişda uçiradigan davlatlar qatoriga kiradi. Bu nafaqat taşqi siyosat, balki yangi texnologiyalar va investitsiyalarni jalb qiliş masalasi hamdir. Qozoğiston kosmosga erkin çiqiş imkoniyatiga ega böladi”, deydi u.Şuningdek, u kosmik loyihalar qimmat ekanini va ularda bir neçta davlatlar iştirok etişi kerakligini takidlagan.
“Hozir Qozoğiston bir neçta xalqaro loyihalarda qatnaşmoqda, masalan, Xalqaro kosmik stantsiya – bu 17 davlat iştirokidagi loyiha. Qozoğiston kelajakda kosmik makonni örganişda munosib örnini egallaydi”, deydi Aimbetov.