Afsonaviy Makregordan şonli qaytiş! Oq uyda ötadigan UFC turnirida Konorning raqibi kim böladi?
26-02-2026, 08:17
93 марта

Afsonaviy Makregordan şonli qaytiş! Oq uyda ötadigan UFC turnirida Konorning raqibi kim böladi?
Ikki vazn toifasida sobiq UFC çempioni, irlandiyalik aralaş yakkakuraş (MMA) ustasi Konor Makgregor körinişidan kambek qilişga yaxşigina tayyorgarlik körmoqda. Ötgan yilning oxirida irlandiyalik sportçi liga bilan muzokaralar boşlaganini aytgan edi. Keyinçalik esa UFC prezidenti Dana Uaytning özi ham bu malumotni tasdiqlab, yozda bölib ötadigan Oq uydagi turnirda uning qatnaşişi mumkinligi haqida aytib ötdi. Konor hozirda doping ofitserlariga doimiy test topşirib, tez orada qaytişiga işora bermoqda.
Maykl Çendler, 39 yoş

Şuningdek, Maykl hali ham jang qilişga tayyor va hozirda AQŞning eng tomoşabop va maşhur jangçilari qatorida bölib turipti. Bundan taşqari, Makgregor va Çendler 2024-yilning yozida jang qilişi kerak edi, lekin Konorning jarohati evaziga bu jang bekor qilingan edi. Bir yil avval esa ehtimoliy raqiblar The Ultimate Fighter realiti-şousida ikki raqib jamoaning murabbiyi sifatida rol ijro etişgan edi. Çendler qança urinmasin Makgregor bilan jangi bölib ötmasligi malum böldi. Avvalroq Uayt malum qildiki, Konor uçun boşqa raqib izlanmoqda va Maykl ham boşqa raqib bilan öz faoliyatini davom ettirişini aytib ötdi. Lekin hammasi istalgan vaqtda özgarib ketişi mumkin va UFC Makgregor va Çendler örtasidagi jangni qayta tiklaşni körib çiqişi mumkin.
Xorxe Masvidal, 41 yoş

Oxirgi uç yilda Xorxening işlari yomon keçmadi. Bu orada u Neyt Diaz bilan boks böyiça jang qilişga ulgurdi (bahsli tarzda mağlub bölgan bölsa ham), biznesga çuqur kirib bordi, promouterlik bilan şuğullandi va şunçaki dam oldi. Körinişidan uning qaytişiga heç qanday belgilar yöq edi, lekin yaqindagina uning UFC’ga qaytişi haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bölişni boşladi. Xorxening özi ham matbuot xodimlari bilan keçgan uçraşuvda, xuddiki liga Makgregor va uning örtasidagi jang ustida işlayotganini aytib ötdi.
“Hozirda mening Makgregorga qarşi bölişi mumkin bölgan Oq uydagi jangimiz holati yomon emas. Bundan ortiğini ayta olmayman, lekin hozirça hammasi rostdan ham yaxşi keçmoqda”, — deydi Masvidal.